Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

“ALSKOM” SK AJ da tarkibiy bo’linmalar ishtirokida 2017 yilning 9 oy yakunlari faoliyati ko’rib chiqildi

23 October 2017 2017 yil 14 oktabrda “ALSKOM” SK AJ da barcha tarkibiy bo’linmalar  ishtirokida 2017 yilning 9 oy yakunlari bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda sug’urta tushumlari reja ko’rsatkichining bajarilishi, Kompaniya departamentlari faoliyati, hududiy filiallarning keyingi chorakdagi ustuvor vazifalari hamda barcha hududiy filiallarda joriy etilgan o’zini-o’zi moliyalashtirish natijalari samaradorligini oshirish  bundan tashqari aniqlangan  kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.  
             Kompaniya  tomonidan  2017 yil 9 oy davomida jami yig’ilgan sug’urta mukofotlari hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 121% ga o’sish ko’rsatkichini ko’rsatdi.  Tuzilgan sug'urta shartnomalari soni 256 ming donani tashkil qildi. Hisobot davrida  jami 10279 ta sug’urta da’volari ko’rilib bartaraf qilindi va 8mlrd. 47 mln. so’m sug’urta qoplamasi to’lab berildi. Kompaniyaning sug’urta sohasidagi faoliyati kengayishi  va mijozlar safini ko’payishi  natijasida to’langan sug’urta qoplamasi  miqdori  o’tgan yilning shu davriga nisbatan 240% ni tashkil qildi.
O’z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida, Kompaniya o’tgan 9 oy davomida qo’shimcha 20 ta bo’linmalarini  tashkil etdi. Ushbu bo’linmalar Navoiy, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg’ona, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahar filiallarida  tashkil etildi. Bugungi kunga kelib, Kompaniyaning 15 ta  hududiy  filiallari  va 118 ta tarkibiy  bo’linmalari mavjud.
    Kompaniya hududiy filiallarining jadallashuvi kuzatilmoqda. Hisobot davridagi umumiy sug’urta tushumida Kompaniya hududiy filiallarininig ulushi 92% tashkil etadi
Bundan tashqari, yig’ilishda Kompaniya hududiy filiallari faoliyatini yanada yaxshilash, xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hamda Kompaniya faoliyatini rivojlantirishga taalluqli boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
Yig’ilishda ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.


Возврат к списку