Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qiladi

26 October 2017

Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109 uy manzili bo'yicha joylashgan (elektron pochta manzili:  info@alskom.uz, veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ 2017 yil 06 noyabr soat 10:30 da Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 4 manzilda joylashgan O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazadi.

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 09:30 da boshlanadi.

Yig'ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek aksiyador - jismoniy shaxs vakili notarial tasdiqlangan ishonchnoma, aksiyador - yuridik shaxs vakili o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo'lishi lozim.

Umumiy yig'ilish o'tkazilishini ma'lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2017 yil 23 oktyabr. 

Umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2017 yil 31 oktyabr.

Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorlangan материаллар bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109 uy manzilida joylashgan ma'muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: (371) 147-11-00.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi



Возврат к списку