Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

O'zbekiston yoshlar ittifoqining «ALSKOM» SK AJdagi boshlang'ich tashkiloti o'z faoliyatini boshladi

O'zbekiston yoshlar ittifoqining «ALSKOM» SK AJdagi boshlang'ich tashkiloti o'z faoliyatini boshladi
15 January 2018       

        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106-sonli farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi "O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3138-sonli qaroriga muvofiq, O'zbekiston yoshlar ittifoqi «ALSKOM» SK AJdagi yoshlar manfaatlarining haqiqiqy himoyachisi bo'lishiga erishish maqsadida «ALSKOM» SK AJ hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 15 yanvar kuni qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. «ALSKOM» SK AJ  Bosh direktori T.K. Iminov so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar tog'risida to'xtalib, yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ya'ni yoshlarning siyosatda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi, qalbida, mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, milliy o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdirida daxldorlik, fidoyilik hissini qaror topdirish va rivojlantirishda bizning yoshlarga ajratilayotgan e'tiborning yaqqol ko'rsatkichi bo'lib kelmoqda, deb ta'kidladi..                

         Shundan so'ng so'zga, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bosh mutaxassisi Fayoz Abrorxo'jayevich Olimxadjayev chiqib, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashini tashkil etish maqsadlari va uning faoliyati to'g'risida batafsil to'xtalib o'tdi. O'zbekiston yoshlar ittifoqining «ALSKOM» sug'urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatidagi yetakchilar kengashi raisi "Sug'urta metodologiyasi, brend-menejmenti va marketingi departamenti" menejer assistenti Sardor Xamidullayev so'zga chiqib, Prezidentimiz "Yoshlar – kelajak bunyodkori" shiori ostidagi tashabbuskorlik bilan ko'rilayotgan chora-tadbirlar asosida hamda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta'minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag'batlantirish,  intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish va yoshlarni hayotda o'z o'rinlarini topishda ko'maklashish maqsadida joriy yilda «ALSKOM» SК AJdagi boshlang'ich tashkiloti tomonidan quyidagi chora-tadbirlar belgilanganligini aytib o'tdi.

         Birinchidan, Yoshlar sug'urta madaniyatini tadbiq etish. Ularda sug'urta tushunchasini paydo qilish va kelajakda sug'urta bozorini rivojlantirishda yoshlar o'z hissalarini qo'shishlarini ta'minlash.

    Ikkinchidan, Ommaviy axboort vositalarida yoshlarga sug'urtaning ahamiyatini tushuntirish maqsadida qator chiqishlar va ko'rsatuvlar qilish. Barcha teleradiokanallarda sug'urtaga oid intellektual, interaktiv va qiziqarli ko'rsatuvlar tashkil etish va bunda mamlakatimiz yoshlarini faol jalb etish.  

     Uchinchidan, Kompaniyamiz va uning hududiy filiallarida ish faoliyatini olib borayotgan yoshlar hamda tajribali xodimlar o'rtasida malaka almashish va "Ustoz-Shogird" an'anasini kompaniyamizda muvofiqlashtirish.

    To'rtinchidan, Mamlakatimizda va Kompaniyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga hamda o'z ishiga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoiy yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, ularning zahirasini shakllantirish va Kompaniyadagi boshqaruv organlarining ma'sul lavozimlariga tavsiya etish.

  Beshinchidan, Yurtimizda 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinganligini inobatga olgan holda, yosh tadbirkorlikni va yoshlarning g'oyalarini qo'llab-quvvatlash uchun ham Kompaniyamiz boshlang'ich tashkiloti tomonidanbir nechta chora-tadbirlar rejalashtirilgan: bular, Yosh sug'urta agentlariga Kompaniya tomonidan imtiyozlar berish va ularning ish faoliyatini qo'llab-quvvatlash; yil davomida Kompaniyadagi yosh xodimlar o'rtasida bir nechta ko'rik tanlovlar o'tkazish, jumladan innovatsion g'oyalar va ularni qo'llab-quvvatlash hamda ushbu g'oyalarni ro'yobga chiqarish. 

  Oltinchidan, «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJdagi boshlang'ich tashkilotining yillik rejasida yoshlarning ijtimoiy hayotiga ham alohida e'tibor qaratilib, quyidagi tadbirlar belgilangan:

  Kompaniyadagi yosh xodimlar uchun "chet tillarini o'rganish", "zakovat" va mamlakatimizdagi barcha yoshlar uchun "siz sug'urtani bilasizmi" kabi to'garaklar tashkil etish;

Yoshlarning jismoniy tomondan barkamol bo'lishlari uchun ham bir nechta sport to'garaklar tashkil etish; 

Har oyda muntazam ravishda eng faol yosh xodim nomli tanlov o'tkazish. Yurtimizda bo'lib o'tayotgan ijtimoiy tadbirlarda faol qatnashish kabi ishlar ham boshlang'ich tashkilotning rejasiga kiritilgan.

  Shundan so'ng kompaniyamiz yoshlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan fikrlashdilar.




Возврат к списку