Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

“ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi

“ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi
6 April 2018

Uchrashuvda Kompaniyamiz Bosh direktori T.K. Iminov so'z olib, bugungi kunda mamlakatimizda sug'urta xizmatlari bozori rivojlanishi, ushbu sohaga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganligiga to'xtaldi. Ushbu e'tiborni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumati tomonidan sug'urta bozorini rivojlantirishni nazarda tutuvchi bir qancha farmon va qarorlarning, Oliy Majlis tomonidan sug'urta faoliyati bilan bog'liq qonunlarning qabul qilinayotganligi va amaldagilarining takomillashtirilayotganligi haqida talabalar bilan qizg'in muloqot o'tkazdi.

Suhbat so'ngida talabalarga “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasida kelajakda faoliyat olib borishni istagan talabalar bilan mehnat shartnomasini tuzish takliflari berildi. 








Возврат к списку