Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning hududiy tarmoqlari kengaymoqda

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning hududiy tarmoqlari kengaymoqda
6 June 2018

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi mamlakatimiz sug'urta bozorida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lib, aholiga 70 turdan ortiq yangi sug'urta xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. 

Kompaniyamiz Respublikamizda rivojlanib kelayotgan sug'urta bozorini shakllantirishda faol ishtirok etib, so'ngi yillarda sug'urta faoliyati ko'lamini muntazam ravishda kengaytirib bormoqda.

Respublikamizdagi yirik hududiy bo'linmalar tarmog'iga ega bo'lishiga qaramay, Kompaniya aholi va tashkilotlarga yanada yaqinlashish maqsadida Andijon va Surxondaryo viloyatlarida Kompaniya tomonidan sug'urta xizmatlarini ko'rsatish darajasini oshirish, viloyatlarda mavjud filial va bo'linmalar faoliyatini optimallashtirish, Kompaniyada mehnat samaradorligini ta'minlash hamda filial ichki boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Andijon viloyatida “Andijon shahar” filiali hamda Kompaniyaning Surxondaryo viloyatida “DENOV” bo'linmasi negizida “DENOV” filiali tashkil etildi. Natijada Respublika miqyosida Kompaniya filiallari soni 18 ta, bo'linmalar soni esa 123 tani tashkil etdi.



Возврат к списку