Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

“ALSKOM” SK AJning 2018 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan Direktorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi

“ALSKOM” SK AJning 2018 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan Direktorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi
1 August 2018

2018 yil 28 iyul kuni “ALSKOM” SK AJning Bosh binosida navbatdagi yarim yillik yakunlari bo'yicha Direktorlar kengashi bo'lib o'tdi. Kengashda Kompaniya rahbariyati, bosh ofisning departament va xizmatlar direktorlari, shuningdek, hududiy filiallarning direktorlari qatnashdilar.

Yig'ilishda 2018 yilga belgilangan vazifalarning bajarilishi, 2018 yilda yangi tashkil etilgan hududiy filiallar va bo'linmalar haqida ta'kidlanib, Kompaniyada ustuvor vazifalarning bajarilishi, Kompaniyaning sug'urta bozoridagi mavqei, filiallarning joylardagi salmog'i, sug'urta tushumlariga nisbatan xodimlar ish samaradorligi, mahsulot-menejerlarining faoliyati, bo'linmalar faoliyati tahlil qilindi hamda 2018 yilning II yarim yilligida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

2018 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha Kompaniyada yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 127% ga o'sish ko'rsatkichiga erishildi.

Shu jumladan. 2018 yilda Kompaniya bo'yicha 158 mingdan ortiq shartnoma tuzilgan va bu o'tgan yilga nisbatan 148% ni tashkil qiladi. Hozirda Kompaniya bo'yicha 366 nafar xodim faoliyat ko'rsatib kelmoqda, bu o'tgan yilga nisbatan 86% ni tashkil qildi.

Bundan tashqari Kompaniyada chuqur tahlil qilinayotgan masalalardan biri joylarda xodimlarning ish samaradorligini, mehnat unumdorligi sifatida baho berilib kelinayotganiga katta ahamiyat qaratildi.

Kengashda Kompaniyaning hududiy tarmog'ini, xususan mamlakatimizning chekka joylarida kengaytirishning asosiy yo'nalishlari, innovatsion sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqish, hududiy filiallar xodimlari uchun malaka oshirish va seminarlarni tashkillashtirish, elektron do'kon orqali sug'urta xizmatlari ko'rsatilishini rivojlantirish kabi yo'nalishlar shakllantirildi.

Kengashda ko'rib chiqilgan barcha masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 

b




Возврат к списку