Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Тадбиркорлик хавф-ҳатарларини суғурталаш

Sug’urta sub’ekti bo’lib, Sug’urtalovchi hamda Shartnomada Sug’urta qildiruvchi va Naf oluvchi sifatida ko’rsatilgan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’I nazar yuridik shaxslar hamda ishga layoqatli jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Sug’urtalovchining javobgarligi sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda Sug’urta qildiruvchi ko’rishi mumkin bo’lgan zararni qoplash bilan cheklanadi.

Sug’urta hodisasi bo’lib, Sug’urta qildiruvchining kredit shartnomasi muddati tugaguniga qadar kreditni qaytarishi bo’yicha pullik majburiyatini bajarishga qobiliyatsizligi hisoblanadi.

Sug’urtalovchining qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarmasligi oqibatidagi javobgarligi kredit shartnomasi muddati tugagach, 45 (qirq besh) bank kunidan so’ng kuchga kiradi. Agar Sug’urta qildiruvchi Naf oluvchi oldidagi majburiyatlarini taxmin qilinayotgan bankrotlik sababiga ko’ra bajarmayotgan bo’lsa, Sug’urtalovchining javobgarligi sud tomonidan Sug’urta qildiruvchini bankrot deb tan olinishi to’g’risidagi qarori qabul qilingan paytdan boshlanadi.

Quyidagilar oqibatidagi zarar sug’urta bilan qoplanmaydi:

  • Kredit shartnomasi bo’yicha to’lovlarning kechiktirilganligi uchun foizlar, jarima sanksiyalari, penya va boshqa shu kabi xarajatlar;
  • Kreditni shartli valyuta pul birligida hisoblangandagi kurs farqi;
  • Quyidagilar oqibatida kreditni qaytmasligi holatlari:
    • Sug’urta qildiruvchining kreditdan to’liq yoki qisman maqsadsiz foydalanishi: Biznes rejada ko’zda tutilmagan maqsadlarda;
    • Valyutaning konvertlanmasligi, pul o’tkazmalarining man etilishi yoki cheklanishi;
    • Bank xodimlarining qo’pol xatoliklari yoki firibgarliklari;
    • Sug’urta qildiruvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq debitorlik qarzlarini undirish bo’yicha chora ko’rmasligi;
    • Sug’urta Shartnomasi amal qilishi davrida Sug’urtalovchi bilan dastlabki kelishuvsiz, jumladan Naf oluvchining farmoyishiga ko’ra Sug’urta qildiruvchi tomonidan mol-mulkini sotishi (hadya qilishi);
    • Sug’urta qildiruvchining kredit olganidan so’ng, sug’urta hodisasining yuzaga kelishiga sabab bo’lgan harakatsizliklari;
    • Yadroviy portlash ta’siri, radiatsiya va radioaktiv zaharlanish;
    • Turli xil harbiy harakatlar va ularning oqibatlari;
    • urli ko’rinishdagi xalq qo’zg’alonlari, xalq g’alayonlari, davlat organlari farmoyishiga ko’ra mol-mulkni musodara qilish, konfiskatsiya qilish, rekvizitsiya qilish, hisobga olish yoki yo’q qilish.

Sug’urta tovonini to’lash shartlari va tartibi:

Sug'urta hodisasi yuz berganda Sug'urta qildiruvchi (Naf oluvchi) 30 (o'ttiz) ish kuni davomida Sug'urtalovchiga o'rnatilgan tartibda yozma arizasi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 

  • joriy davr uchun soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, o'rnatilgan shakldagi balans nusxasi;
  • bankning joriy sanada Sug'urta qildiruvchi hisob raqamidagi mavjud mablag'lar haqidagi saldo ma'lumotnomasi va kredit mablag'larining harakati bo'yicha ko'chirmasi;
  • Naf oluvchi tomonidan tasdiqlangan Sug'urta qildiruvchining qarzdorlik miqdorini aks ettiruvchi hujjat;
  • Sug'urta qildiruvchi tomonidan kredit mablag'larini o'tkazilganligini tasdiqlovchi to'lov topshiriqnomalari nusxasi;
  • kreditning maqsadli ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, tekshirish dalolatnomasi nusxasi.

Sug'urta qildiruvchi tomonidan ko'rilgan zarar miqdori, O'zR fuqarolik qonunchiligi me'yori bilan ko'zda tutilgan tartibda aniqlanadi.

Sug'urta hodisasi ro'y berganda aniq zarar miqdori Sug'urtalovchi tomonidan Sug'urta qildiruvchi hamda vakolatli va huquqni muhofaza qiluvchi organlar taqdim etgan hujjatlar, ekspert xulosasi, sud qarori asosida aniqlanadi. Kredit shartnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda, sug'urta tovoni miqdori Naf oluvchidan olingan kredit summasi va haqiqatda qaytarilgan kredit summasi o'rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.

Sug'urta tovoni miqdori franshiza ayrilgan holda Sug'urta qildiruvchiga to'lanadi (agarda sug'urta Shartnomasida ko'rsatib o'tilgan bo'lsa).

Sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lashni rad etish to'g'risidagi qarorini Sug'urta qildiruvhiga u sug'urta tovonini to'lashni so'rab murojaat etganidan so'ng rad etish sabablarining asoslangan dalil isbotlarini o'z ichiga olgan holda 15 (o'n besh) kunidan kechiktirmay xabar qiladi.

Sug'urta hodisasi bilan bog'liq vaziyatlar bo'yicha vakolatli organlar tomonidan jinoiy ish qo'zg'atilgan va tergov ishlari olib borilayotgan vaqtda Sug'urtalovchi tergov tugagunga qadar sug'urta tovoni to'lovi muddatini kechiktirishga haqlidir.

Sug'urtalovchi quyidagi hollarda sug'urta tovonini to'lashni rad etishga haqli:

  • Shartnoma tuzilayotganda Sug'urta qildiruvchi tomonidan sug'urta xavf-xatarini baholashga ta'sir etuvchi vaziyatlar to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etilgan bo'lsa;
  • sug'urta hodisasi Sug'urta qildiruvchi (Naf oluvchi)ning qasddan qilingan harakatlari yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan bo'lsa, Sug'urta qildiruvchining o'zining fuqarolik burchini bajarishi yoki o'zining, uchinchi shaxslarning hayoti, sog'lig'i obro'ini himoya qilish harakatlari bundan mustasno;
  • Sug'urta qildiruvchi (Naf oluvchi) tomonidan sug'urta hodisasi haqida belgilangan muddatlarda xabar berilmasa;
  • Sug'urta qildiruvchi (Naf oluvchi) tomonidan sug'urta hodisasi sabablari, vaziyatlari, zarar miqdorini aniqlashga to'sqinlik qilinsa;
  • Sug'urta qildiruvchi (Naf oluvchi)ning aybi bilan regress talabini qo'yish imkoniyati yo'qotilsa;
  • Sug'urtalovchiga kredit vositalaridan foydalanish bo'yicha hujjatlarni taqdim qilmasa: to'lov topshiriqnomasi, ishlar bajarilganligi dalolatnomasi, hisob-varaqasi, tovarlarni qabul qilganlik to'g'risida yuk xati va b.sh.;
  • O'zRning fuqarolik qonunchiligiga muvofiq  Sug'urta qildiruvchi va Naf oluvchining kelishuviga asosan majburiyat uni bajarish o'rniga voz kechish haqini berish (mol-mulkni berish va shu kabilar), muqobil o'xshash talab hisobiga o'tkazilishi bilan bekor qilingan bo'lsa;
  • Agar Sug'urta qildiruvchini tugatilishi jarayonida Naf oluvchining talabi O'zRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq likvid massasi hisobidan qondirilgan bo'lsa.

Sug'urta shartnomasining amal qilish davrida Sug'urta qildiruvchi sug'urta xavf-xatari darajasining oshishiga olib keluvchi vaziyatlar to'g'risida zudlik bilan Sug'urtalovchiga ma'lum qilishi shart, jumladan:

  • Biznes-rejada ko'zda tutilgan loyihalarni bajarilish muddatini buzilishi;
  • kredit shartnomasi orqali moliyalashtirilayotgan bitim shartlarining o'zgarishi;
  • Sug'urta qildiruvchining kredit shartnomasi bo'yicha majburiyatlarini bajarilishiga ta'sir etishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish faoliyatining o'zgarishi (tugatilishi/to'xtatilishi);
  • kelgusida Sug'urta qildiruvchini qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi.

Yuqoridagi vaziyatlar haqida xabar topgan Sug'urtalovchi Sug'urta qildiruvchidan sug'urta Shartnomasi shartlarining o'zgartirilishini yoki xavf-xatarning oshishiga mos ravishda qo'shimcha sug'urta mukofotini to'lashni talab qilishga haqli.

Sizning hisob raqamingizga sug'urta tovonini o'tkazish uchun, o'rnatilgan tartibdagi arizada zaruriy rekvizitlar ro'yxatini ko'rsating:

  • Bankning tashkiliy-huquqiy shakli, bank bo'limining nomi, bank joylashgan shahar ko'rsatilgan holda bankning nomi;
  • Qabul qiluvchi bankining STIR raqami;
  • Bank MFO;
  • Qabul qiluvchi bankining hisob-raqami;
  • Qabul qiluvchining shaxsiy hisob raqami;
  • Bank kartasining raqami (agar mavjud bo'lsa);
  • Qabul qiluvchining F.I.Sh. (bankda yozilgan tartibda, chunki bankdagi va pasportdagi F.I.Sh. bir biridan farq qiladi, masalan, ular kotin yozuvida, sharifi bilan yoki usiz yozilgan bo'lishi mumkin va hokazo);
  • Agar qabul qiluvchi bo'lib yuridik shaxs hisoblansa, albatta qabul qiluvchining STIR raqami ko'rsatilishi lozim, bunday holatda rekvizitlar to'ldirilayotgan bazada albatta yuridik shaxs ko'rsatiladi.