Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish "TVEFJMSQ"

Mazkur sug'urta turi O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 21 apreldagi O'RQ-155-sonli "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 141-sonli Qarori asosida tuziladi.

Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlari transport vositalari egalarini majburiy sug'urta qilish ob'ektidir.

Majburiy sug'urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va bir yilga tuziladi.

Majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta summasi 40 000 000 so'm miqdorda belgilanadi. Undan, 65% i sug'urta hodisasi sodir bo'lganda jabrlanuvchilarning hayoti va sog'lig'i, 35% i mol-mulki uchun belgilanadi.

Суғурта обьекти

Коэффицентлар
Тб 1
Кт 1
Кбо 1

Хайдовчилар

Суғурта нархи 0 сум