Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Тарих

2019 yil

2019 yilda tuzilgan sug‘urta shartnomalarining soni 309 mingtani tashkil qildi, Kompaniya bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 140% ga o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi.

«ALSKOM» Sug‘urta Kompaniyasi Bosh direktor o‘rinbosari Mardonbek Alimdjanov yilning sug‘urta sohasida eng yaxshi mutaxassis nominatsiyasida “Oltin soyabon” mukofoti bilan taqdirlandi

Ko‘chmas mulk (ipoteka obyekti) ni sug‘urta qilishning kombinatsiyalashgan sug‘urta turi ishlab chiqildi.AT “Aloqabank” bilan uzoq yillik hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda bank tomonidan mijozlariga berilayotgan mikroqarzlarni qaytmaslik xatarini sug‘urtalash bo‘yicha “Mikroqarzlarni sug‘urtalash” sug‘urta mahsuloti ishlab chiqildi.

«ALSKOM» SK AJ bosh ofisida Kompaniyaning hududiy filiallari xodimlari malaka oshirishni o‘tadilar.

«ALSKOM» CK AJ va “O‘zbekiston pochtasi” AJ o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida Bosh kelishuv imzolandi.

Kompaniya TVEFJMS bo‘yicha yangi tahrirdagi sug‘urta polislari sotilishini yo‘lga qo‘ydi.

2018 yil

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «ALSKOM» SK AJ dagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

Qoraqalpog‘iston filiali tarkibida “Sug‘urta polislarini sotish markazi”, Farg‘ona filiali tarkibida «VODIL» va “So‘x” bo‘linmasi, Toshkent shahar Sergeli tumanida “Sirg‘ali” bo‘linmalarini ochdi. Natijada, Kompaniyada bo‘linmalar soni 122 tani tashkil etdi.

«ALSKOM» SK AJ yangi “telegram bot» ni yaratib, o‘z mijozlariga qulayliklar yaratdi. http://t.me/alskomuz_bot

«ALSKOM» Sug‘urta Kompaniyasi tarkibida “Istiqbolli loyihalar va tashqi aloqalar departamenti” tashkil etildi.

Kompaniya qo‘shimcha ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol” filiali va Qashqadaryo viloyatida “Qarshi” filialini tashkil etdi. Bu hududlar aholisiga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

«ALSKOM» Sug‘urta Kompaniyasi sug‘urta bozorida Korporativ boshqaruv Kodeksi tavsiyalarini joriy qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan birinchi sug‘urta tashkilotlaridan hisoblanadi. Qaror qabul qilinishi bilan Kompaniyaning bir qator ichki hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi, shuningdek Kompaniyaning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va korporativ boshqaruvga oid boshqa yangi hujjatlar tasdiqlandi.

2017 yil

Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida yangi Qo’qon filiali tashkil etildi.

Shuningdek, Respublikamiz hududi bo’ylab 16 ta bo’linma tashkil etildi. Xususan, "2-sonli Sug’urta polislarini sotish markazi" (Navoiy viloyati), "Koson" bo’linmasi va "Sug’urta polislarini sotish markazi" (Qashqadaryo viloyati), "Yangi Marg’ilon" va "Qo’shtepa" bo’linmalari (Farg’ona viloyati), "Yuqorichirchiq" bo’linmasi va "2-sonli Sug’urta polislarini sotish markazi" (Toshkent viloyati), "Paxtachi" va "Toyloq" bo’linmalari (Samarqand viloyati), "Sardoba" bo’linmasi (Sirdaryo viloyati), "Yangi Ariq", "Shovot", "Bog’ot" va "Urgench" bo’linmalari (Xorazm viloyati), "Olot" bo’linmasi (Buxoro viloyati), "Sug’urta polislarini sotish markazi" (Toshkent shahri).

Kompaniya tomonidan "KASKO-Komplekt mini" sug’urta polisi ishlab chiqildi.

Kompaniyaning Bosh ofisi tarkibida yangi "Tibbiy va shaxsiy sug’urta" departamenti tashkil etildi.

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari  umumiy yig'ilishida Kompaniya 2017 yil 1 iyuldan Korporativ boshqaruv kodeksini tavsiyalariga amal qilish majburiyatini qabul qilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

Sug’urta kompaniyalari o’rtasida uyushtirilgan mini futbol bo’yicha II Xalqaro xayriya musobaqasida faxrli 1-o’rinni egalladi.

Kompaniya hududiy filiallarida o’z-o’zini moliyalashtirish tizimi joriy etildi.

2016 yil

Kompaniya o’z faoliyatining 20 yilligini nishonladi.

Respublikamiz hududi bo’ylab qo’shimcha 14 ta bo’linmalar tashkil etildi.

Kompaniya O’zbekistonda birinchi bo’lib elektron polislar sotuvini joriy qildi.

Kompaniya tomonidan onalar va bolalarni baxtsiz hodisa va kasallanishdan sug’urtalash, bojxona to’lovlari uchun bojxona brokerlarining kasbiy javobgarligini sug’urtalash, qishloq xo’jalik texnikalarini sug’urtalash kabi yangi sug’urta mahsulotlari ishlab chiqildi.

Farg’ona filiali direktori “Sug’urta kompaniyasi hududiy bo’linmasining eng yaxshi rahbari” nominatsiyasida “Oltin Soyabon” mukofoti bilan taqdirlandi.

«Gross Insurance» va O’zbekiston sug’urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan uyushtirilgan mini futbol musobaqasida faxrli 1-o’rinni egalladi.

2015 yil

Keksalarni e'zozlash yiliga bag'ishlab, Kompaniya tomonidan "E'zoz" sug'urta mahsuloti hamda bir qator "Sportchi", "Abituriyent", "Oliy ta'lim muassasalari talabalarining to'langan to'lov-kontrakt summalarini sug'urta qilish", "Dengiz sug'urtasi doirasidagi javobgarlikni sug'urta qilish" kabi yangi mahsulotlar ishlab chiqildi.

Kompaniya Bosh direktori T.K. Iminov "Sug'urta bozori professional ishtirokchilarining eng yaxshi rahbari" nominatsiyasida "Oltin Soyabon" mukofoti bilan taqdirlandi.

Kompaniya Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta "PUL"iga a'zo bo'ldi.

Kompaniyaning Bosh ofisi tarkibida yangi "Aksionerlar bilan korporativ munosabatlar" departamenti tashkil qilindi.

Kompaniyaning Qashqadaryo filiali uchun yangi ofis binosi foydalanishga topshirildi.

Sug'urta polisini sotib olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish imkoniyatini osonlashtiruvchi Kompaniya veb saytining yangilangan ko'rinishi joriy qilindi.

TVEFJMS bo'yicha sug'urta polislari muddatining tugashi haqida sug'urta qildiruvchilarga SMS xabarnoma yuborish tizimi joriy qilindi.

Respublikaning uzoq joylarida 12 ta bo'linmalar tashkil etildi. Xususan, "Ellikqal'a" bo'linmasi (Qoraqalpog'iston Respublikasi) , "Baliqchi" va "NavoiyShoh" bo'linmalari (Andijon viloyati), "G'ijduvon" sug'urta markazi (Buxoro viloyati), "Navbahor" bo'linmasi (Navoiy viloyati), "Pop" bo'linmasi (Namangan viloyati), "Sho'rchi" bo'linmasi (Surxondaryo viloyati), "Oltiariq", "Qirguli", "Yaypan" va "Buvayda" bo'linmalari (Farg'ona viloyati), "Xazorasp" bo'linmasi (Xorazm viloyati).

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan umumiy sug'urta tarmog'ining o'n uchta klasslari bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun Kompaniyaga yangi litsenziya (30.12.2015 y. SF 00211) berildi.

2014 yil

Kompaniyaning tashkiliy-huquqiy shakli o'zgarganligi ya'ni "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganligi bois O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining litsenziyasini oldi.

Kompaniya tomonidan yangi, intellektual mulk ob'ektiga bo'lgan huquqni sug'urta qilish sug'urta mahsuloti ishlab chiqildi.

Milliy sug'urta bozorida raqobatni ta'minlash maqsadida "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi sug'urta polislarining an'anaviy sotuvi bilan bir qatorda, mobil banking orqali sug'urta polislarini sotishni yo'lga qo'ydi. Mazkur xizmatdan Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Farg'ona viloyatlari mijozlari foydalanishi mumkin.

Mamlakatimiz hududida, asosan qishloq joylarda 22 ta bo'linma tashkil etildi. Xususan, 2 ta bo'linmadan Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlarida, hamda Toshkent shahrida, 1 ta bo'linmadan Xorazm, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida, shuningdek 6 ta bo'linma Farg'ona viloyatida ochildi.

Shu yili Kompaniya "Sug'urta sohasining eng yaxshi mutaxassisi" nominatsiyasida "Oltin Soyabon" mukofoti berildii. Ushbu mukofotning sohibi bo'lib Kompaniyaning Bosh direktor o'rinbosari taqdirlandi.

2013 yil

Kompaniya sug'urta bozoriga yangi "SAVDO MAJMUASI" deb nomlanuvchi savdo majmualari sug'urtasi, kredit shartnomasi bo'yicha garovga qo'yuvching hayotini sug'urtasi, shuningdek "KASKO-Komplekt" deb nomlanuvchi transport vositalari va ularning ehtiyot qismlarini sug'urtalash sug'urta mahsulotlarini joriy qildi.

Mamalakatimiz hududida 8 ta yangi bo'linma tashkil etildi, Xususan, 3 ta bo'linma Farg'ona viloyatida, 2 ta bo'linmadan Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida hamda 1 ta bo'linma Jizzax viloyatida tashkil etildi.

Shu yili Kompaniya "Sug'urta kompaniyasining eng yaxshi hududiy bo'linma rahbari" nominatsiyasida "Oltin Soyabon" mukofoti berildi. Ushbu mukofotning sohibi bo'lib Kompaniyaning Toshkent shahar filiali direktori taqdirlandi.

2012 yil

"ALSKOM" sug'urta kompaniyasi "Kasallikdan ehtiyoti shart sug'urtalash" bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining litsenziyasiga ega bo'ldi va ixtiyoriy tibbiy sug'urta (ITS) xizmatini joriy qildi.

"Mustahkam oila" yilida kompaniya sug'urta bozoriga kelin-kuyovlar va oilani baxtsiz hodisalardan sug'urtalashga qaratilgan - "Baxt', "Qadrdonlarim", shuningdek uy-joylarni turli zararlardan sug'urtalash bo'yicha "Mulkdor" kabi yangi sug'urta turlarini taklif etdi.

Mamlakatimiz hududida 15 ta yangi bo'linmalar ochildi. Jumladan, 3 ta bo'linma Toshkent shahri va Jizzax viloyatida, 2 ta bo'linma Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida hamda bittadan bo'linma Namangan, Samarqand va Farg'ona viloyatlarida ochildi. Surxondaryo filiali o'z ofis binosiga ega bo'ldi.

Kapitalizatsiya qilish maqsadida Kompaniya 1 mlrd. so'mlik aksiyalarning 9-emissiyasini joylashtirishni boshladi.

2011 yil

Kompaniya tomonidan rieltorlarning fuqarolik javobgarligini sug'urtalash, yo'lovchilar, sportchilar, shuningdek dam olish uylari va sanatoriya-kurort muassasalarida hordiq oluvchilarni baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, ishlab chiqarishdagi tanaffus oqibatida ko'rilgan zararni sug'urta qilish turlari joriy etildi. 

Mamlakat hududlari, ayniqsa qishloq joylarida 7 ta bo'linmalar ochildi. Jumladan 3 ta bo'linma Farg'ona viloyatida, bittadan bo'linma Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ochildi.

Mijozlarga xizmat ko'rsatish darajasini oshirish, qo'shimcha xizmatlarni yaratish maqsadida Kompaniyaning Qoraqalpog'iston va Andijon filiallariga ofis binolari foydalanishga topshirildi.

"SAIPRO" axborot-reyting agentligi Kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingi "UzA+ juda yuqori moliyaviy barqarorlik" darajasiga ko'tardi.

2010 yil

Davlat sug'urta nazorati inspeksiyasining 2010 yil uchun berilgan ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan yetakchi sug'urta kompaniyalari orasida sug'urta mukofotlarining yig'imi bo'yicha Lompaniya 9-o'rinni egalladi. Sug'urta tashkilotlarining soni ko'payishiga va sug'urta bozorida raqobatning keskinlashuviga qaramasdan, Kompaniya sug'urta mukofotlarining yig'imi bo'yicha 4,1% ko'rsatkichni belgilab, O'zbekiston sug'urta bozoridagi o'z o'rnini saqlab kelmoqda. Kompaniya ayniqsa hududiy tarmoqni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratib kelmoqda. Xususan 2010 yilda mamalakatimiz hududida 4 ta yangi bo'linma ochildi va faoliyat yurita boshladi. Shu jumladan, Kompaniya "Sug'urta ishi" va "Iqtisod" yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlovchi ta'lim muassasalari bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yishga ham alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Mazkur sohalarda ta'lim olayotgan Toshkent Moliya Instituti hamda Toshkent Aloqa Texnologiyalari Universiteti talabalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Kompaniya tomonidan bakalavriat va magistratura talabalari orasida pul mukofotlik "Eng yaxshi diplom ishi", "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi" va "Eng yaxshi sug'urta mahsuloti" yo'nalishlari bo'yicha har yillik tanlovni tashkil etgan va olib bormoqda. 2010 yilda ham tanlov o'tkazildi va uning g'oliblari munosib taqdirlandi. Pullik mukofotlardan tashqari g'oliblar Kompaniyaga ishga joylashish va ish faoliyatini olib borish imkoniyatini ham qo'lga kiritdilar. 

Shu yil "SAIPRO" axborot-reyting agentligi tomonidan Kompaniya Bosh direktori o'rinbosariga "Sug'urta bozori ishtirokchisining eng yaxshi mutaxassisi" mukofoti bilan taqdirlandi.

2009 yil

Kompaniyaning ustav kapitali 2,4 mln. yevro ekvivalentiga teng summani tashkil etdi. Kompaniya O'zbekiston Respublikasining tegishli qonuniy me'yoriy aktlari bilan 2009 yil 18 oktabrdan amal qilishni boshlagan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish amaliyotini boshladi. 

"O'zbektelekom" AK "UzMobile" filialining ilk abonentlarini baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish dasturi ishga tushdi. 

Kompaniya "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish" polislarini sotish bo'yicha 5-o'rinni egalladi.

2008 yil

Kompaniya tuzilmasida transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi "ALSKOM TRANS SERVIS" sho'ba korxonasi tashkil etildi.

Kompaniya O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida 2008 yil 22 oktabrdan amal qilishni boshlagan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish amaliyotini boshladi.

Kompaniya hududiy tarmog'i kengaydi, barcha hududiy bo'linmalar filiallarga aylantirildi va sug'urta hodisalarini ko'rib chiqish hamda sug'urta qoplamasini amalga oshirish huquqi berildi.

Sug'urta hisobini yuritish tizimi avtomatlashtirildi va hududiy filiallar masofaviy ulangan holda yagona ma'lumotlar bazasi yaratildi.

"SAIPRO" reyting agentligi Kompaniyaning ishonchlilik darajasini "UzB++" dan "UzA yuqori moliyaviy ishonch"ga oshirdi.

"Prime Rating" reyting agentligi Kompaniya uning faoliyati reytingi baholari yakuniga ko'ra "A - yuqori ishonchlilik darajasi" bilan taqdirladi.

Kompaniya ICTEexpo 2008 milliy axborot texnologiyalari ko'rgazmasida "Ijtimoiy sohadagi eng yaxshi stend" nominatsiyasi bo'yicha mukofotga ega bo'ldi. Kompaniya Toshkent Moliya Institutida "Sug'urta ishi" yo'nalishi bo'yicha bakalavriat va magistratura talabalari orasida "Eng yaxshi diplom ishi", "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi" va "Eng yaxshi sug'urta mahsuloti" nominatsiyalari bo'yicha konkurs o'tqazdi.

Kompaniya hamdo'stlik mamlakatlari orasida birinchi bo'lib axborot eisklarini kompleks sug'urtalashni ishlab chiqdi va yo'lga qo'ydi hamda bu axborot xavflari ro'y bergan holatlarda axborot tizimlarini moliyaviy jihatdan himoya qilishni nazarda tutadi.

"SAIPRO" reyting agentligi o'tkazgan tahlil tekshiruviga asosan Kompaniya 2008 yil yakunlariga ko'ra yig'ilgan sug'urta badallari bo'yicha 7-o'rinni va to'lab berilgan sug'urta qoplamalari bo'yicha O'zbekistonning yetakchi sug'urta tashkilotlari orasida 10-o'rinni egalladi.

2007 yil

Kompaniya NAUR - qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari Uyushmasi va O'zbekiston sug'urta bozori professional ishtirokchilari Uyushmasiga a'zo bo'ldi. 

Toshkent, Farg'ona, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, va Sirdaryo viloyatlarida hududiy bo'linmalar ochildi. Qo'qon, G'ijduvon, Kattaqo'rg'on shaharlarida va Amudaryo tumanida agentlik punktlari va bo'linmalar, shuningdek Toshkent shahrida 2 ta punkt ochildi. 

E'lon qilingan aksiyalar doirasida qo'shimcha aksiyalarni muntazam chiqarish orqali IPOni amalga oshirish tartibini o'zgartirdi.

Yetakchi Rossiya sug'urta kompaniyalaridan biri OAJ "ROSNO" bilan obligator qayta sug'urtalash bo'yicha shartnoma imzolandi. Fakultativ qayta sug'urtalash bo'yicha hamkorlar soni ko'paydi, shu jumladan DASK "KAFOLAT", BSK "Ishonch", "Kafil sug'urta" SK va "Inter-Tesko" SK kabi mahalliy sug'urta sug'urta kompaniyalari va "Евразия" SK (Qozog'iston) va "Восточная перестраховочная компания" (Rossiya Federatsiyasi) kabi chet el sug'urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzildi.

"UzNet" AK "Uzbektelekom" filialiga tegishli universal va internet kartochkalari foydalanuvchilarini baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish yo'lga qo'yildi. 

Kompaniyaning yalpi sug'urta badallari hajmi ko'rsatkichi bo'yicha yetakchi sug'urta kompaniyalari orasida 6-o'rinni egalladi.

2007 yil yakuniga ko'ra Kompaniya "Sug'urta faoliyati o'sish sur'ati b'yicha lider" va "Yetakchi sug'urta kompaniya" nominatsiyalari bo'yicha jamiyat mukofotlariga ega bo'ldi. 

2006 yil

"SAIPRO" reyting agentligi Kompaniya faoliyatini o'zbek sug'urta bozorida tezlik bilan rivojlanayotgan faoliyat sifatida baholadi va "UzB++ yetarli ishonch darajasi" ishonch reytingi bilan taqdirladi. Kompaniya to'plagan sug'urta badallari o'sish darajasi bo'yicha O'zbekiston sug'urta kompaniyalari orasida 1-o'rinni egalladi.

O'zbekiston tarixida ilk bor Kompaniya sug'urta badallari bo'yicha milliardlik marraga erishdi.

Kompaniya Rossiya Federatsiyasi aviatsiya sug'urtasi memorandumi a'zosiga aylandi. "Energopolis" ASK Ukraina sug'urta kompaniyasi bilan birgalikda O'zbekiston-Ukraina sug'urta hamkorligi ikki davlat savdo-iqtisodiy munosabatlar rivoji omili sifatida yo'lga qo'yildi.

Kompaniya O'zbekiston IT uyushmasiga a'zo bo'ldi. 

2005 yil

Kompaniya ilk bor nodavlat sug'urta kompaniyalari ichida yirik Rossiya sug'urta kompaniyasidan qayta sug'urtalash bo'yicha xavflarni qabul qilib, aktiv qayta sug'urtalash faoliyatini amalga oshirdi.

"SAIPRO" reyting agentligi tomonidan "UzB+ maqbul ishonch darajasi" ishonch reytingi taqdim etildi. Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining majburiy sug'urta faoliyatini olib borish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'ldi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida hududiy bo'linma ochildi.

OAJ "O'zbekiston pochtasi" bilan baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish polislarini sotish bo'yicha hamkorlik loyihasi yo'lga qo'yildi.

2004 yil

Respublika hududlarida Markaziy, Sharqiy, Navoiy, G'arbiy, Samarqand va Buxoro vakolatxonalari ochildi.

2003 yil

Kompaniya Moliya Vazirligining sug'urta faoliyati olib borish huquqini beruvchi SF №00020 va №00026 seriya raqamli litsenziyalarga ega bo'ldi. Kompaniya aksiyadorlari qatoriga yirik bank, sug'urta va axborot-kommunikatsiya sohalari sub'ektlari qo'shildi. Kompaniya sug'urta xizmatlari bozoridagi bir nechta tender savdolari g'olibiga aylandi.

2002 yil

"ALSKOM" O'zbek-Rus sug'urta kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida tegishli davlat ro'yxatidan o'tdi. Internet tarmog'ida Kompaniya rasmiy saytiga asos solindi.

2001 yil

"ALSKOM" QK asosida Rossiya Federatsiyasining "Interros-Soglasie" MCHJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan O'zbek-Rus qo'shma sug'urta kompaniyasining rasmiy taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

2000 yil

Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi ro'yxatida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi sifatida qayd etildi.

1999 yil

Qayta sug'urtalash va retrotsessiya bo'yicha Rossiya Federatsiyasining yetakchi sug'urta kompaniyasi "Interros-Soglasie" MCHJ bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi.

1998 yil

Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ro'yxatidan o'tdi va MV 001 №000009 seriyali guvohnoma berildi.

1997 yil

Kompaniya o'z sug'urta xizmatlarini omma e'tiboriga havola eta boshlagan holda universal sug'urtachiga aylandi. Hududiy sug'urta kompaniyalari bilan xavflarni qayta sug'urta qilish bo'yicha yo'lga qo'yildi.

1996 yil

O'zbekiston mustaqillikka erishganiga besh yil to'ldi, ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy sohalar isloh etildi. Shular qatorida sug'urta sohasiga ham alohida ahamiyat qaratildi. O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxona va tashkilotlari tomonidan "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etildi. Kompaniya davlat ro'yxatidan o'tdi va "Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar" palatasiga a'zo bo'ldi.

Видео ролик о деятельности Компании