Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Рахбарият

Ilyosov Tursunboy G‘iyosjon o‘g‘li

Bosh direktor
Телефон (+998 78) 147 11 00 (111)
Факс (+998 78) 147 22 00
E-mail

1993-yil

Millati - O‘zbek

Ma’lumoti - Oliy

2016-yil, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr)

2020-yil, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi” (magistr)

Ushbu lavozimda 2021-yil 01-iyundan buyon ishlab kelmoqda.

Funksional majburiyatlari:

  • Kompaniya Ustavida keltirib o‘tilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Kompaniya Direktorlar Kengashining raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlariga tayangan holda, kompaniyaning umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi va kuzatuv Kengashi tomonidan belgilangan ishni amalga oshiradi va vazifalarni bajarishni tashkillashtiradi;
  • Kuzatuv Kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga belgilangan muddatlarda Kompaniyaning faoliyati yakunlari bo‘yicha axborot va hisobotlar, statistik va analitik ma’lumotlarni taqdim etadi;
  • ishonchnomasiz Kompaniya nomidan ish yuritadi, kelishuvlarni amalga oshiradi, berilgan huquqlar doirasida qarorlar qabul qiladi, ham yuridik, ham jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda Kompaniya manfaatlarini taqdim etadi;
  • sug‘urta xizmatlari sohasini, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish va takomillashtirish uchun kerakli hajmda foyda olishni ta’minlaydi;
  • terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ichki nazorat Xizmati, xodimlar bilan ishlash va devonxona bo‘limi, yuridik xizmat faoliyatini bevosita boshqaradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarni bajaradi;
  • Kompaniya faoliyatida qonunchilik talablariga amal qilishni ta’minlaydi;
  • unga yuklatilgan vazifalarni tashkil qilishda javobgarlikni olib boradi.

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba, 10:00-12:00.

Alimdjanov Mardonbek Alidjanovich

Bosh direktor oʻrinbosari
Телефон (+998 78) 147-11-00 (222)
E-mail

1989-yil

Millati - O‘zbek

Ma’lumoti - Oliy

2011-yil, Toshkent Moliya instituti (bakalavr)

2015-yil, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Sug‘urta ishi” (magistr)

Ushbu lavozimda 2016-yil 1-noyabrdan buyon ishlab kelmoqda.

Funksional majburiyatlari:

  • Kompaniyaning bosh direktori o‘rinbosarlari faoliyatini, “Amaliy sug‘urta va hududiy tarmoqlarni boshqarish”, “Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar”, “Sug‘urta da’volarini hisob-kitob qilish”, “Tibbiy va shaxsiy sug‘urta” bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi va Kompaniyaning hududiy filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • 8,00 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan sug‘urta va qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzadi;
  • Kompaniyani korporativ boshqarish masalalarini muvofiqlashtiradi, Kompaniya aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • Kompaniya ustav kapitalining harakati (aksiyalarni sotish va sotib olish) bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • Kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi uchun materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • Respublika va uning hududlarida sug‘urta xizmatlari bozorida Kompaniya segmentini kengaytirish, hududiy bo‘linmalarning salohiyatini rivojlantirish, filiallar va bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • Bosh direktorning Moliya va sug‘urta zaxiralari departamenti faoliyatini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari bilan birgalikda Kompaniya agentlari tarmog‘i faoliyatiga oid masalalarni hal qiladi, agent to‘lovlarini hisoblash jarayonini nazorat qiladi;
  • Kompaniyada sug‘urta da’volari bo‘yicha hisob-kitob tizimini boshqarish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Kompaniyaning sug‘urta himoyasiga yetkazilgan zarar darajasini pasaytirish choralarini ko‘radi;
  • hududiy filiallar tomonidan tuzilgan sug‘urta shartnomalarining Kompaniya tomonidan tasdiqlangan standartga muvofiqligini nazorat qiladi;
  • sug‘urta firibgarligini oldini olish choralarini ko‘radi;
  • 10 000 000 (o‘n million) so‘mgacha bo‘lgan xo‘jalik shartnomalarini imzolaydi.
  • yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarini takomillashtirishni tashkil etadi;
  • Kompaniya faoliyatini takomillashtirish va uning xodimlarining ishbilarmonlik malakasini oshirish choralarini ko‘radi.

Ashirov Jalil Baxridinovich

Bosh direktor oʻrinbosari

1987-yil

Millati - Oʻzbek

Ma’lumoti - Oliy

2017-yil, Toshkent Moliya instituti “Sug‘urta ishi” (bakalavr)

2020-yil, Toshkent Moliya instituti “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar”(magistr).

Ushbu lavozimda 2021-yil 18-yanvardan buyon ishlab kelmoqda.

Funksional majburiyatlari:

  • Moliya va sug‘urta zaxiralari boshqarmasi boshlig‘i hisoblanadi, Markaziy buxgalteriya boshqarmasi, aktivlar va investitsiyalarni boshqarish hamda sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Kompaniyaning moliyaviy va investitsiya siyosatini amalga oshirishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • 8,00 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan sug‘urta va qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan to‘lov qobiliyati me’yorlariga rioya etilishini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
  • Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • Kompaniya moliyaviy resurslarining barcha turlaridan maksimal darajada samarali foydalanish va maksimal foyda olish maqsadida, Kompaniya moliyaviy resurslari harakatini boshqarish va moliyaviy munosabatlarni tartibga solishni tashkil qiladi;
  • Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish (moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, to‘lov qobiliyati me’yorlarini hisoblash) bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • sug‘urta portfelini boshqarishni ta’minlaydi;
  • davlat organlari tomonidan belgilangan standartlarga rioya etilishini hisoblash, monitoringini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
  • xarajatlarni boshqarish siyosatini aniqlash maqsadida xarajatlarni o‘rganish va tahlil qilishni tashkil qiladi, amalga oshirilgan to‘lovlarning Kompaniyaning tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiqligini nazorat qiladi;
  • Kompaniyaning hududiy filiallarini saqlash xarajatlari smetasini tuzish va ijrosini nazorat qiladi, Kompaniyaning hududiy filiallari va bo‘linmalari faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va tahlil natijalari bo‘yicha Kompaniya rahbariyatiga takliflar kiritadi.

Kim Evgeniy Rudolfovich

Bosh direktor oʻrinbosari
Телефон (+998 78) 147 11 00 (600)
E-mail

1983-yil

Millati – Koreys

Ma’lumoti - Oliy

2003-yil, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlari” (bakalavr)

2005-yil, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro valyuta – kredit munosabatlari” (magistr)

2020-yil, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Sug‘urta ishi” (magistr)

Bu lavozimda 2019-yil 4-iyuldan buyon ishlab kelmoqda.

Funksional majburiyatlari:

  • «Istiqbolli loyihalar va tashqi aloqalar» departamenti boshlig'i bo'lib, «Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi» departamenti, «Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati», «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat xizmati» faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • tashqi aloqalar, shu jumladan jamoatchilik bilan aloqalar, investitsiyalar, qayta sug'urtalash, istiqbolli yo'nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha ishlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • davlat organlari o'z vakolatlari doirasida belgilagan standartlarni amalga oshirishni hisoblash va monitoringini ta'minlaydi;
  • sug'urta statistikasini saqlashni va sug'urta hisobotlarini tegishli organlarga o'z vaqtida taqdim etishni ta'minlaydi;
  • Kompaniyaning investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniyaning investitsiya siyosatining amalga oshirilishini nazorat qiladi, uni tuzatish uchun takliflar kiritadi;
  • xalqaro, xorijiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan tashqi aloqalar bo'yicha investitsiya, sug'urta, qayta sug'urta sohalarida aloqalarni tashkil etadi.

Rahimov Zohidbek Ismailjanovich

Bosh direktor oʻrinbosari

1985-yil

Millati - Oʻzbek.

Ma’lumoti - Oliy

2008-yil, Namangan politexnika instituti (bakalavr).

2011-yil, Soliq assotsiatsiyasi (sertifikat)

2018-yil, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi

“Korporativ boshqaruv tamoyillar mexanizmlar va joriy qilish” (sertifikat)

2021-yil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (magistr)

Ushbu lavozimda 2021-yildan 18-yanvardan buyon ishlab kelmoqda.

Funksional majburiyatlari:

  • “Sug‘urta metodologiyasi”, “Brend menedjment va marketingi”, “Sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish” va Kompaniya ma’muriyati bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqib va amalga oshiradi;
  • reklama siyosati va Kompaniya imidji bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
  • strategik marketing vazifalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  • davlat organlari va tijorat tashkilotlarida Kompaniya manfaatlarini ifodalaydi;
  • sug‘urta portfelida korporativ mijozlar va jismoniy shaxslar ulushini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
  • turli ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya faolligini oshirish masalalarini hal qiladi;
  • sug‘urta mahsulotlarini sotishning yangi usullarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
  • sug‘urta summasi bilan sug‘urta va qayta sug‘urta qilish shartnomalarini 6,00 milliard miqdorgacha tuzadi;
  • Kompaniya faoliyatini takomillashtirish va xodimlarning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • sug‘urta tushumlari rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • sug‘urta mahsulotlari portfelidan maksimal darajada foydalanish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Kompaniya shartnomalari loyihalarini tayyorlash sifatini nazorat qiladi;
  • 2 000 000 (ikki million) so‘mgacha bo‘lgan xo‘jalik shartnomalarini imzolaydi.