1985-yil
Ma’lumoti - Oliy
2008-yil, Namangan muhandislik pedagogika instituti. Buxgalteriya hisobi va audit (bakalavr)
2021-yil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi, Loyiha boshqaruvi (magistr)
Ushbu lavozimda 2026-yil 15- yanvardan buyon ishlab kelmoqda.
Kontaktlar
Qabul kunlari:
Seshanba, Payshanba: 10:00-12:00.
- Kompaniya Ustavida keltirib o‘tilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Kompaniya Direktorlar Kengashining raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlariga tayangan holda, kompaniyaning umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi va kuzatuv Kengashi tomonidan belgilangan ishni amalga oshiradi va vazifalarni bajarishni tashkillashtiradi;
- Kuzatuv Kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga belgilangan muddatlarda Kompaniyaning faoliyati yakunlari bo‘yicha axborot va hisobotlar, statistik va analitik ma’lumotlarni taqdim etadi;
- ishonchnomasiz Kompaniya nomidan ish yuritadi, kelishuvlarni amalga oshiradi, berilgan huquqlar doirasida qarorlar qabul qiladi, ham yuridik, ham jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda Kompaniya manfaatlarini taqdim etadi;
- sug‘urta xizmatlari sohasini, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish va takomillashtirish uchun kerakli hajmda foyda olishni ta’minlaydi;
- terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ichki nazorat Xizmati, xodimlar bilan ishlash va devonxona bo‘limi, yuridik xizmat faoliyatini bevosita boshqaradi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarni bajaradi;
- Kompaniya faoliyatida qonunchilik talablariga amal qilishni ta’minlaydi;
- unga yuklatilgan vazifalarni tashkil qilishda javobgarlikni olib boradi.
1989-yil
Ma’lumoti - Oliy2011-yil, Toshkent Moliya instituti (bakalavr)
2015-yil, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Sug‘urta ishi” (magistr)
Ushbu lavozimda 2016-yil 1-noyabrdan buyon ishlab kelmoqda.
Kontaktlar
- Kompaniyaning bosh direktori o‘rinbosarlari faoliyatini, “Amaliy sug‘urta va hududiy tarmoqlarni boshqarish”, “Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar”, “Sug‘urta da’volarini hisob-kitob qilish”, “Tibbiy va shaxsiy sug‘urta” bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi va Kompaniyaning hududiy filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Kompaniyani korporativ boshqarish masalalarini muvofiqlashtiradi, Kompaniya aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
- Kompaniya ustav kapitalining harakati (aksiyalarni sotish va sotib olish) bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
- Kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi uchun materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;
- Respublika va uning hududlarida sug‘urta xizmatlari bozorida Kompaniya segmentini kengaytirish, hududiy bo‘linmalarning salohiyatini rivojlantirish, filiallar va bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
- Bosh direktorning Moliya va sug‘urta zaxiralari departamenti faoliyatini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari bilan birgalikda Kompaniya agentlari tarmog‘i faoliyatiga oid masalalarni hal qiladi, agent to‘lovlarini hisoblash jarayonini nazorat qiladi;
- Kompaniyada sug‘urta da’volari bo‘yicha hisob-kitob tizimini boshqarish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Kompaniyaning sug‘urta himoyasiga yetkazilgan zarar darajasini pasaytirish choralarini ko‘radi;
- hududiy filiallar tomonidan tuzilgan sug‘urta shartnomalarining Kompaniya tomonidan tasdiqlangan standartga muvofiqligini nazorat qiladi;
- sug‘urta firibgarligini oldini olish choralarini ko‘radi;
- yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarini takomillashtirishni tashkil etadi;
- Kompaniya faoliyatini takomillashtirish va uning xodimlarining ishbilarmonlik malakasini oshirish choralarini ko‘radi.
1987-yil
Ma’lumoti - Oliy
2017-yil, Toshkent Moliya instituti “Sug‘urta ishi” (bakalavr)
2020-yil, Toshkent Moliya instituti “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar”(magistr).
Ushbu lavozimda 2021-yil 18-yanvardan buyon ishlab kelmoqda.
Kontaktlar
- Moliya va sug‘urta zaxiralari boshqarmasi boshlig‘i hisoblanadi, Markaziy buxgalteriya boshqarmasi, aktivlar va investitsiyalarni boshqarish hamda sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Kompaniyaning moliyaviy va investitsiya siyosatini amalga oshirishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan to‘lov qobiliyati me’yorlariga rioya etilishini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
- Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- Kompaniya moliyaviy resurslarining barcha turlaridan maksimal darajada samarali foydalanish va maksimal foyda olish maqsadida, Kompaniya moliyaviy resurslari harakatini boshqarish va moliyaviy munosabatlarni tartibga solishni tashkil qiladi;
- Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish (moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, to‘lov qobiliyati me’yorlarini hisoblash) bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- sug‘urta portfelini boshqarishni ta’minlaydi;
- davlat organlari tomonidan belgilangan standartlarga rioya etilishini hisoblash, monitoringini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
- xarajatlarni boshqarish siyosatini aniqlash maqsadida xarajatlarni o‘rganish va tahlil qilishni tashkil qiladi, amalga oshirilgan to‘lovlarning Kompaniyaning tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiqligini nazorat qiladi;
- Kompaniyaning hududiy filiallarini saqlash xarajatlari smetasini tuzish va ijrosini nazorat qiladi, Kompaniyaning hududiy filiallari va bo‘linmalari faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va tahlil natijalari bo‘yicha Kompaniya rahbariyatiga takliflar kiritadi.
1990-yil
Ma’lumoti - Oliy
2012-yil, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Iqtisodiyot (bakalavr)
2019-yil, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Sug‘urta ishi” (magistr)
Ushbu lavozimda 2026-yil 19- yanvardan buyon ishlab kelmoqda.
Kontaktlar
- “Sug‘urta metodologiyasi”, “Brend menedjment va marketingi”, “Sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish” va Kompaniya ma’muriyati bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqib va amalga oshiradi;
- reklama siyosati va Kompaniya imidji bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
- strategik marketing vazifalarining bajarilishini nazorat qiladi;
- davlat organlari va tijorat tashkilotlarida Kompaniya manfaatlarini ifodalaydi;
- sug‘urta portfelida korporativ mijozlar va jismoniy shaxslar ulushini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
- turli ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya faolligini oshirish masalalarini hal qiladi;
- sug‘urta mahsulotlarini sotishning yangi usullarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
- Kompaniya faoliyatini takomillashtirish va xodimlarning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- sug‘urta tushumlari rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- sug‘urta mahsulotlari portfelidan maksimal darajada foydalanish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
- hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Kompaniya shartnomalari loyihalarini tayyorlash sifatini nazorat qiladi;
