Размер шрифта
A-
A
A+
Цветовая схема
Обычная версия
Черно-белая версия
Озвучивание текста
Да

ALSKOM – Ishonchli hamkor, xalqaro darajada e’tirof etildi!

24.12.2025
“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ xalqaro moliya bozorida yanada e’tirof etildi:

 Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi kompaniyamizga Insurance Financial Strength Rating (IFSR) bo‘yicha B2 reytingi hamda “Stable” (Barqaror) prognozini berdi.


Mazkur reyting kompaniyamizning:

  •  barqaror moliyaviy holati, mustahkam kapital bazasi,
  •  samarali risklarni boshqarish tizimi,
  •  yuqori operatsion intizomi,
  •  mijozlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish qobiliyati

 xalqaro standartlar asosida tasdiqlanganini anglatadi.

 Bugun ALSKOM — nafaqat ichki bozor ishtirokchisi, balki mijozlar ishonchini qozongan, ochiq va shaffof moliyaviy boshqaruv hamda professional yondashuv bilan faoliyat yuritadigan ishonchli hamkor sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda.

 Moody’s bahosi — bizning mas’uliyatimizni yanada oshirib, yangi bosqichlarga olib chiqadigan muhim ko‘rsatkichdir. Biz mijozlarimizga moliyaviy himoya, barqarorlik va ishonchlilikni taqdim etishda davom etamiz.

ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI – ishonch, barqarorlik va kafolat ramzi.
Alskom mobil ilovasi

Sug'urtangiz doimo qo'l ostida! Alskom ilovasini yuklab oling va bir necha daqiqada onlayn polislarni rasmiylantiring. Tez, qulay, ishonchli!

Alskom mobil ilovasi - App Store va Google Play'dan yuklab oling