Uchrashuvda Kompaniyamiz Bosh direktori T.K. Iminov so'z olib, bugungi kunda mamlakatimizda sug'urta xizmatlari bozori rivojlanishi, ushbu sohaga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganligiga to'xtaldi. Ushbu e'tiborni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumati tomonidan sug'urta bozorini rivojlantirishni nazarda tutuvchi bir qancha farmon va qarorlarning, Oliy Majlis tomonidan sug'urta faoliyati bilan bog'liq qonunlarning qabul qilinayotganligi va amaldagilarining takomillashtirilayotganligi haqida talabalar bilan qizg'in muloqot o'tkazdi.
«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ ko'chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotni tanlashga tanlov e'lon qiladi.
«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ barchangizni orziqib kutilgan, go'zal va dilbar bayram – Navro'zi olam bilan tabriklaydi! Ushbu qutlug' kunlarda Sizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz! Navro'zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.
«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasida faoliyatini yaqindan boshlagan O'zbekiston yoshlar ittifoqining Kompaniyamizdagi boshlang'ich tashkiloti har bir yosh xodimning suyanchi va tayanchiga aylanish yo'lida o'zining dastlabki ishlarini amalga oshirmoqda.
«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi mamlakatimiz sug'urta bozorida 21 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya hozirgi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga 70 dan ortiq majburiy va ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bugungi kunda Kompaniya hududiy tarmog'ini kengaytirish borasida samarali natijalarni ko'rsatmoqda. Hozirda Kompaniya 16 ta filial hamda tuman va olis hududlarda joylashgan 120 ta bo'linmalarga ega.