Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi mustaqil auditorlik tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi

20 April 2016

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ MXXS standarti bo'yicha (xalqaro standartlar bo'yicha moliyaviy hisobotlarni transformatsiyasi asosida) tayyorlangan 2015 yil uchun moliyaviy hisobotlarini XAS bo'yicha tekshirish uchun mustaqil auditorlik tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan ishtirokchilarning takliflarida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi lozim:

  • tashkilotning to'liq nomi;
  • davlat ro'yxatiga olingan raqami va sanasi;
  • litsenziya berilgan sanasi va raqami;
  • auditorlarning umumiy va o'rtacha ish staji;
  • yirik korxonalar bilan shartnoma asosidagi munosabatlar;
  • sug'urtaviy himoyalanganligi: sug'urta polisining raqami va sanasi, sug'urta summasi;
  • auditorlik tekshiruvini o'tkazish ishlarining qiymati.

Takliflar 2016 yilning 2 maygacha Toshkent shahar, 100202, Amir Temur ko'chasi, 109 manziliga, faks bo'yicha 147-11-00 raqamiga yoki elektron manzilga (info@alskom.uz) jo'natilishi lozim.



Возврат к списку