Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» SK AJning aksiyadorlari diqqatiga!!!

26 August 2016

2016 yil 28 iyun kuni bo'lib o'tgan «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishida 2015 yil yakunlari bo'yicha quyidagi miqdorlarda dividendlar to'lovlari to'g'risida qaror qabul qilingan:

•  Oddiy aksiyalar bo'yicha – nominal qiymatidan 12 %;

•  Imtiyozli aksiyalar bo'yicha  – nominal qiymatidan 70 %.

2016 yil 22 iyun holatiga shaklllantirilgan aksiyadorlar reestrida «ALSKOM» SK AJning ayrim aksiyadorlar bank rekvizitlari bo'yicha ma'lumotlarning yo'qligi sababli ularga tegishli dividendlarni to'lashga imkon bo'lmadi.

«ALSKOM» SK AJ 2015 yil yakunlari bo'yicha dividendlarni olmagan aksiyadorlarni bank rekvizitlalari haqida ma'lumotlarini aniqlashtirish maqsadida Kompaniyaning Toshkent sh. Amir Temur ko'ch., 109 manzilida joylashgan bosh ofisiga mutojaat qilishlarini so'raydi. Tel: 147-11-00, e-mail: info@alskom.uz.


Возврат к списку