"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi O'zbekistonda birinchi bo'lib elektron sug'urta polisini yo'lga qo'ydi. “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi mamlakat sug'urta kompaniyalari orasida sug'urta bozorida birinchi bo'lib elektron sug'urta polislar sotish tizimini joriy qildi.
Elektron polis nima?
Elektron sug'urta polisi — bu huddi "qog'oz" ko'rinishidagi sug'urta polisidir, faqatgina u mijoz (jismoniy shaxs) ga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi (eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasining 29.04.2004 yildagi 611-II-sonli “Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi Qonuniga va 11.12.2003 yildagi 562-II-sonli “Elektron raqamli imzo to'g'risida” gi Qonuniga muvofiq chop etilgan elektron sug'urta polisi qog'oz ko'rinishidagisi bilan teng yuridik kuchga ega).
Elektron sug'urta polisini qanday qilib xarid qilish mumkin?
- Mijoz Kompaniya elektron manzili (www.alskom.uz) dagi o'zining shaxsiy kabineti orqali o'zi haqidagi kerakli ma'lumotlarni kiritadi;
- Mijoz tomonidan sug'urta polisi rasmiylashtirilgach, ma'lumotlar tog'ri to'ldirilganligi Kompaniya xodimi tomonidan tekshiriladi va buyurtma holati "To'lovga" (“К оплате”) ga o'zgartiriladi;
- Mijoz buyurtma holati o'zgartirilganligi to'g'risida o'z elektron pochtasi orqali xabardor bo'ladi, shundan so'ng mobil banking (“CLICK”, “UPAY”) tizimi orqali to'lovni amalga oshiradi;
- To'lov amalga oshirilgach buyutma holati “Bajarildi” (“Выполнен”) ga o'zgaradi, so'ngra elektron sug'urta polisini o'zining shaxsiy kabineti orqali oladi va chop etadi;
- Chop etilgan sug'urta polisi “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Bosh direktorining ERI (elektron raqamli imzo)siga ega va qog'oz ko'rinishdagisi bilan bir xil yuridik kuchga ega (zarurat tug'ilganda ushbu imzoni, elektron imzo kalitlarini ro'yxatga olish markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasida tekshirib ko'rish mumkin bo'ladi).
Elektron sug'urta polisining birinchi sohibi Shakirov I. F. bo'ldi.
Elektron sug'urta polisi Э-Полис ИНСni xarid qilish.