Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Янгиликлар

RSS
17 May 2018 «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning mintaqaviy tarmoqlari kengaymoqda

Kompaniya mamlakatimiz hududlarida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida davlat mulkining xususiylashtirilishi, ayniqsa tadbirkorlik faoliyati ko'lami to'xtovsiz darajada oshib borayotgan bugungi kunda sug'urta sohasiga yangi sug'urta obyektlari tobora ko'proq jalb etilib, o'zining yangi sug'urta markazlarini tashkil etish orqali mintaqaviy tarmoqni faol rivojlantirib kelmoqda.

16 May 2018 “ALSKOM” sug'urta kompaniyasi Toshkent shahar aloqa korxonalari o'rtasida o'tkazilgan “O'TISH” turniri g'olibi

Futbol muxlislariga ma'lumki, 2018 yilni 15 may kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarni Rivojlantirish Vazirligining mini futbol bo'yicha Toshkent shahar aloqa korxonalari o'rtasida o'tkazilgan "O'TISH" turniri bo'lib o'tdi.

15 May 2018 «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qiladi

  Toshkent sh., Amir Temur ko’chasi, 109-uy manzili bo’yicha joylashgan “ALSKOM” Sug’urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2018 yil 26 may soat 10:00da Kompaniya ma’muriy binosida aksiyadorlar yillik umumiy yig’ilishini o’tkazadi.

8 May 2018 Aziz Vatandoshlar!

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ barchangizni va ayniqsa urush faxriylarini 9 may - Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G'alabaning 73 yilligi bilan chin qalbidan samimiy tabriklaydi. 

11 April 2018 «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJda tarkibiy bo'linmalar ishtirokida 2018 yilning I chorak yakunlari faoliyati ko'rib chiqildi

2018 yil 10 aprel kuni «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJda barcha tarkibiy bo'linmalar ishtirokida 2018 yilning I chorak yakunlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda sug'urta tushumlari reja ko'rsatkichining bajarilishi, Kompaniya departamentlari faoliyati, hududiy filiallarning keyingi chorakdagi ustuvor vazifalari hamda barcha hududiy filiallarda joriy etilgan o'zini-o'zi moliyalashtirish tartibini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, bundan tashqari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

6 April 2018 “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi

Uchrashuvda Kompaniyamiz Bosh direktori T.K. Iminov so'z olib, bugungi kunda mamlakatimizda sug'urta xizmatlari bozori rivojlanishi, ushbu sohaga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganligiga to'xtaldi. Ushbu e'tiborni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumati tomonidan sug'urta bozorini rivojlantirishni nazarda tutuvchi bir qancha farmon va qarorlarning, Oliy Majlis tomonidan sug'urta faoliyati bilan bog'liq qonunlarning qabul qilinayotganligi va amaldagilarining takomillashtirilayotganligi haqida talabalar bilan qizg'in muloqot o'tkazdi.