Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

2017 yil I yarim yillikda “ALSKOM" SKning TVEFJMS bo’yicha sug’urta mukofotlari hajmi 5,2 mlrd. so’mni tashkil etdi.

7 July 2017 “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidа”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtotransport egalariga yetkazilgan zararni o’z vaqtida qoplash maqsadida, «ALSKOM» sug’urta kompaniyasi tomonidan 2017 yil 1-yarim yilligida ma’lum ishlar amalga oshirildi.
       Joriy yilning yarim yillik davri mobaynida, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish (TVEFJMS) bo’yicha tuzilgan shartnomalar soni 107 mingdan ortiqni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida Kompaniya tomonidan TVEFJMS bo’yicha sug’urta mukofotlari hajmi 5,2 mlrd. so’mni tashkil etib 1,02 mlrd. so’m miqdorida sug’urta to’lovlari amalga oshirildi, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish 212% ni tashkil etdi. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonunida belgilangan alohida toifaga kiruvchi 1660 ta shaxsga 60 mln. so’mdan ortiq imtiyozlar berildi.


Возврат к списку