Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasining hududiy tarmog'i kengayib bormoqda

7 July 2017

Mamlakatimizning barqaror rivojlanishida ro'y berishi mumkin bo'lgan qaltisliklardan himoyalashda sug'urta tizimining ahamiyati kattadir. Sug'urta tizimidagi vazifalarni amalga oshirishda sug'urta tashkilotlarining iqtisodiyotdagi rolining kun sayin ortib borishi kuzatilmoqda.

Sug'urtalovchilar tomonidan yangi turdagi sug'urta xizmatlari taklif etilayotganligi, ular o'rtasida raqobat muhitini kuchayayotganligi – sug'urta sohasining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi filiallar tarmog'ini rivojlanishiga hamda ularning Kompaniya faoliyatidagi rolini oshirishga, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlarni ishga qabul qilish va o'qitish masalalariga katta ahamiyat bermoqda. Keng hududiy tarmog'i tufayli Kompaniyaning sug'urta xizmatlari O'zbekistonning barcha hududlarida ko'rsatib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib Kompaniya respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'ylab 15 ta filial va 119 ta bo'linmalarga ega.

Joriy yilning o'zida respublikamizning 9 ta viloyatida 16 ta bo'linma tashkil etilgan bo'lib, yil yakuniga qadar qo'shimcha ravishda yana 5 ta bo'linma ochishni rejalashtirmoqda. 

Rivojlangan filial tarmog'i orqali Kompaniya o'z mijozlarini keng miqdordagi sug'urta xizmatlari bilan ta'minlamoqda. 2017 yil 1-yarim yillik ma'lumotlariga ko'ra jami yig'ilgan sug'urta mukofotlarining 90% ulushi Kompaniyaning hududiy tarmog'iga to'g'ri kelmoqda.

Kompaniyaning kelgusi rivojlanish istiqbollari sug'urta mahsulotlari sotuvini takomillashtirish, bozorning yangi segmentlarini egallash va undagi ulushini ko'paytirishdan iborat. Bunda asosiy e'tibor Respublikaning butun hududi bo'ylab sug'urta xizmatlarini ko'rsatish imkoniyatini beruvchi faol hududiy siyosatga, filial, bo'linma va agentlik punktlari sonini ko'paytirishga qaratiladi. 


Возврат к списку