Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«Sho'rtangazkimyo» majmuasida "Sug'urta maktabi" loyihasi asosida seminar bo'lib o'tdi

«Sho'rtangazkimyo» majmuasida "Sug'urta maktabi" loyihasi asosida seminar bo'lib o'tdi
7 July 2017

2017 yil 06 iyulda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Qahqadaryo filiali va «Kapital Sug’urta» AJ bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida joylashgan «Sho'rtangazkimyo» majmuasida rahbariyat hamkorligida ishchi xodimlar o'rtasida "Sug'urta maktabi" loyihasi asosida seminar tashkil etildi. Seminarda sug'urta sohasining ixtiyoriy va majburiy sug'urta turlari haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Seminarni "Sug'urta maktabi" loyihasi asoschisi - Qashqadaryo filiali direktori o'rinbosari Mohira G'aniyeva olib bordi va mavzularni yoritib berdi. Seminar so'nggida qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi. Savol-javoblarda «ALSKOM» sug'urta kompaniyasi Qashqadaryo filialining "Hisor" bo'linmasi boshlig'i Zokir Shangiyev, «Kapital Sug’urta» AJ Qashqadaryo filiali direktori Ravshanbek Boboyorovlar ishtirok etishdi. 



Возврат к списку