Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi tomonidan sug'urta da'volarining bartaraf etilishi holati

13 July 2017 Sug'urta da'volarini bartaraf etish – sug'urta tashkiloti faoliyatining eng mas'uliyatli yo'nalishi hisoblanadi va shunga qarab mijozlar uning ishonchliligi va to'g'riligi haqida xulosa qiladilar. Aynan shuning uchun Kompaniya sug'urta hodisalari bo'yicha sug'urta da'volarini bartaraf etish chog'ida haqqoniylik va tezkorlik tamoyillariga tayangan holda mijozlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratadi.
2017 yilning 1-yarim yilligida Kompaniyaga kelib tushgan da'volar soni 6 051 tani tashkil etib, shundan 5 281 tasi yuridik shaxslardan, 770 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. 6013 ta sug'urta da'vosi ko'rib chiqilib, to'lov amalga oshirildi. Bundan 5 256 tasi yuridik shaxslarga, 757 tasi esa jismoniy shaxslarga to'langan. 2017 yil 1-yarim yillikda jami 5 851,8 mln. so'm sug'urta qoplamasi to'langan. O'tgan yil shu davriga nisbatan 2,7 barobarga oshgan. To'langan sug'urta qoplamalarining eng katta ulushi Farg'ona – 1 929,0 mln. so'm va Toshkent shahar – 247,1mln. so'm filiallariga to'g'ri kelmoqda.


Возврат к списку