ALSKOM – Ishonchli hamkor, xalqaro darajada e’tirof etildi!
22 December 2025“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ xalqaro moliya bozorida yanada e’tirof etildi:
Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi kompaniyamizga Insurance Financial Strength Rating (IFSR) bo‘yicha B2 reytingi hamda “Stable” (Barqaror) prognozini berdi.
Mazkur reyting kompaniyamizning:
barqaror moliyaviy holati, mustahkam kapital bazasi,
samarali risklarni boshqarish tizimi,
yuqori operatsion intizomi,
mijozlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish qobiliyati
xalqaro standartlar asosida tasdiqlanganini anglatadi.
Bugun ALSKOM — nafaqat ichki bozor ishtirokchisi, balki mijozlar ishonchini qozongan, ochiq va shaffof moliyaviy boshqaruv hamda professional yondashuv bilan faoliyat yuritadigan ishonchli hamkor sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda.
Moody’s bahosi — bizning mas’uliyatimizni yanada oshirib, yangi bosqichlarga olib chiqadigan muhim ko‘rsatkichdir. Biz mijozlarimizga moliyaviy himoya, barqarorlik va ishonchlilikni taqdim etishda davom etamiz.
ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI – ishonch, barqarorlik va kafolat ramzi.