Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Янгиликлар

RSS
23 January 2018 "ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi AJning navbatdagi Direktorlar Kengashi majlisi bo'lib o'tdi

2018 yilning 19 yanvarida "Oqtosh" dam olish maskanida “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi AJning navbatdagi Direktorlar Kengashi majlisi bo'lib o'tdi.  Majlisda Kompaniya rahbariyati, bosh ofisning departament va xizmatlar direktorlari, shuningdek, hududiy filiallar direktorlari va bo'linma boshliqlari qatnashdilar.

15 January 2018 O'zbekiston yoshlar ittifoqining «ALSKOM» SK AJdagi boshlang'ich tashkiloti o'z faoliyatini boshladi

      «ALSKOM» SK AJ Bosh direktori T.K. Iminov so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar tog'risida to'xtalib, yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ya'ni yoshlarning siyosatda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi, qalbida, mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, milliy o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdirida daxldorlik, fidoyilik hissini qaror topdirish va rivojlantirishda bizning yoshlarga ajratilayotgan e'tiborning yaqqol ko'rsatkichi bo'lib kelmoqda, deb ta'kidladi.

11 January 2018 Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

Bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotimiz mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinib kelinmoqda, mana shunday mas'uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo'layotgan o'g'lonlarimizni har qancha e'zozlasak, ardoqlasak arziydi. Barchangizga mustahkam sog'liq, oilalaringizga baxtu saodat, Vatanni himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda kuch-g'ayrat va yutuqlar tilaymiz. 

27 December 2017 “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi o'z mijozlari va hamkorlarini kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan samimiy tabriklaydi!

Yangi yil Sizga baxt va omad keltirsin.

Yangi yil barchangizga sihat – salomatlik,

tinchlik totuvlik va baxt-saodat olib kelsin.

Ezgu maqsadlaringizga erishish yo'lida olib borilayotgan

xayrli ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Barchangizga kuch-g'ayrat, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz!

7 December 2017 «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” deb nomlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

Kompaniyamiz Bosh direktori T.K. Iminov so'zga chiqib barcha yurtdoshlarimizni hamda Kompaniya xodimlarini tabriklab quyidagilarga to'xtalib o'tdi. 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va bu sana mamlakatimizda katta bayram sifatida nishonlanadi.

2 December 2017 «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasida yangi “Tibbiy va shaxsiy sug'urta” departamenti tashkil etildi

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 01 apreldagi PQ-2863-sonli “Sog'liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash va 2017 yil 10 aprelda o'tkazilgan Kompaniya Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi qaroriga asosan Kompaniyada tarkibiy o'zgarishlar kiritildi.