Kompaniyamiz Bosh direktori T.K. Iminov so'zga chiqib barcha yurtdoshlarimizni hamda Kompaniya xodimlarini tabriklab quyidagilarga to'xtalib o'tdi. 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va bu sana mamlakatimizda katta bayram sifatida nishonlanadi. Konstitutsiyamiz eng yirik davlatlar va jahon tashkilotlarining xalqaro sohada katta e'tibor qozongan huquqshunoslari o'rtasida yuksak demokratik konstitutsiyaviy qonunchilikning namunasi deb tan olingan. Unda inson huquqi, sha'ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat, deb belgilab qo'yilgan va inson manfaatlari uchun xizmat qiladi. Konstitutsiyaning barcha moddalarida inson va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, hayotini yaxshilash, xavfsizligini ta'minlash ko'zda tutilganligi bilan xalqimizning eng sevimli hayotiy asari sifatida ardoqlidir.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, bugungi davra suhbatimiz mehmonlari "O'zbekiston xotin qizlar eksperti" f.f.n. prof. J.T. Shermuhamedova, "Respublika Ma'naviyat ma'rifat markazi targ'ibotchisi" A. Kamolova, psixolog Z.B. Kamalovalar ham so'zga chiqib, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir shaxs, fuqaro o'z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. Chunki, har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy Qonunga oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi. Shuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olish hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarurligi haqida gapirib o'tdilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi farmoniga binoan ta'sis etilgan "O'zbekiston Konstitutsiyasi 25 yil" esdalik nishoni bilan kompaniyamizning bir qator jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar xodimlarimiz taqdirlandilar.