Bugungi kunda mamlakatimizda sportga bo'lgan qiziqish kuchayib bormoqda, shu jumladan bolalarni sog'lom turmush tarziga o'rgatish bo'yicha tegishli tadbirlar hamda sportga qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida futbol musobaqalari o'tkazilmoqda. “Inter Sport” sport kompaniyasi 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag'ishlab mini turnir tashkil etdi. Mazkur turnir festival maqomida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Mazkur futbol festivalida Toshkentning beshta jamoasi qatnashadi va o'yinlar O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasining maydonida 31 may kuni bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinda g'olib va sovrindorlar aniqlanmaydi, maqsad bolajonlarning futbol bilan yaqindan oshno tutinishlarini ta'minlashdir. Barcha jamoalarga tashkilotchilar hamda homiylar, shu jumladan, “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.
Ma'lumot uchun, “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi joriy yildan boshlab “Inter Sport” sport Kompaniyasi bilan hamkorlikni o'rnatgan va har bir o'tkaziladigan turnirning bosh homiylaridan biri bo'lib kelmoqda.