Hozirda “ALSKOM” sug’urta kompaniyasida 60 dan ortiq ixtiyoriy sug’urta turlari joriy qilingan bo’lib, aholining manfaatlari yo’lida xizmat qilmoqda. Joriy 2015 yilning iyul oyida “ALSKOM” sug’urta kompaniyasi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining to’langan to’lov-kontrakt summasini sug’urtalash” bo’yicha yangi sug’urta mahsuloti yaratildi.
2015 yil 11 iyulda ALSKOM” SK AJ da 2015 yilning I yarim yillik yakunlari bo’yicha Direktorlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda Kompaniyada sug’urta tushumlarining ta’minlanishi, sug’urta da’volarini bartaraf etish, hududiy filiallarda ish sifatini yaxshilash, xodimlar mehnat unumdorligini oshirish va Kompaniya faoliyatiga bog’liq boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
“ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati abituryentlarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalashga mo’ljallangan “Abituriyent” nomli yangi sug’urta mahsulotini ishlab chiqdi.
2015 yil 5 iyun kuni Toshkentda Sug’urta va qayta sug’urtalash bo’yicha VIII Xalqaro Forumi doirasida sug’urta sohasidagi nomzodlarni mukofotlash bayramona marosimi “Oltin soyabon” ("Золотой зонт") bo’lib o'tdi.
2015 yil 23 may kuni “ALSKOM” sug’urta kompaniyasida “Ixtiyoriy tibbiy sug’urta (ITS)ning rivojlanishi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.
2015 yil 16 mayda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi АJning umumiy aksiyadorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bunda Kompaniya faoliyatining 2014 yil yakunlari hamda 2015 yilda uni rivojlantirish yo'nalishlari va vazifalari ko'rib chiqildi.