26 November 2021
"Alskom" 1996-yildan beri sug'urta bozorida yetakchi o'rinni egallab kelmoqda va hozirda O'zbekistondagi eng ishonchli sug'urta kompaniyasi hisoblanadi.
Ko'p yillar davomida kompaniya respublika bo'ylab 20 ta filial va 128 ta bo'linmalarini ochgan. Kompaniya xizmatlarining ishonchliligini "SAIPRO" reyting agentligi tomonidan "UzA+" reytingida berilgan yuqori baho tasdiqlab turibdi. Ustav fondining kattaligi tufayli sug'urtalovchining to'lov qobiliyati, moliyaviy barqarorligi va kapitalizatsiya darajasi insonda alohida ishonchni uyg'otadi. Bugungi kunga kelib "Alskom"ning ustav kapitali 30 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etadi. 2021-yil boshidan buyon kompaniya tomonidan 8 mlrd. 204 mln. so‘m miqdorida sug'urta tovonlariga oid to'lovlar amalga oshirildi. Shuningdek, kompaniya bugungi kunga qadar 564.000 dan ortiq sug'urta shartnomalarini tuzgan.
"Alskom" kompaniyasi o'z faoliyati davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sug'urta choralarini amalga oshirish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkga oid manfaatlarini ta'minlashga intilib kelmoqda.
Bundan tashqari, sug'urta kompaniyasi sug'urta polisini rasmiylashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida o'z imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.