27 July 2022
O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 iyundagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-730-sonli Qonunning 41-moddasiga ko'ra, "Sug’urta faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar “sug’urta” atamasini o’z firma nomiga kiritishi shart"ligi belgilab o'tilgan. Qonun talablaridan kelib chiqib, “ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining 2022 yil 30 iyundagi 1-sonli bayonnomasiga asosan, Kompaniyamiz yuridik nomi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022 yil 21 iyul kuni taqdim etilgan guvohnomaga ko’ra, "ALSKOM SUG'URTA KOMPANIYASI" AKSIYADORLIK JAMIYATI shaklida qayta tashkil qilinganligini ma'lum qilamiz.