30 May 2023
Sizni, 2023 yil 27 iyun kuni soat 11:00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati
http://evote.uz platformasi orqali boʼlib oʼtadigan “ALSKOM SUGURTA KOMPANIYASI” Аktsiyadorlik Jamiyati aktsiyadorlarining yillik umumiy yigʼilishiga taklif etamiz.
Yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (
http://evote.uz) foydalangan holda 2023 yil 27 iyun soat 9:00 da boshlanib 11:00 da toʼxtatiladi.
Umumiy yigʼilish oʼtkazilishini maʼlum qilish uchun aktsiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023 yil 30 may.
Umumiy yigʼilishda ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023 yil 21 iyun.
Yigʼilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Аktsiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishini oʼtkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
2. 2022 yil faoliyat yakunlari boʼyicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisobotini eshitish.
3. Kompaniyaning 2022 yil moliya-xoʼjalik faoliyati natijalari va 2023 yilga Kompaniya Bisnes-rejasi parametrlari toʼgʼrisida Bosh direktor hisobotini eshitish.
4. Kompaniyaning 2022 yil moliya-xoʼjalik faoliyati tekshiruvi natijalari toʼgʼrisida Taftish komissiyasi hisobotini eshitish.
5. Kompaniyaning 2022 yil yakuni boʼyicha buxgalteriya hisobotining milliy standartlariga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini koʼrib chiqish.
6. Kompaniyaning 2022 yil yakuni boʼyicha moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish natijalari haqida mustaqil auditor hisobot-xulosasini koʼrib chiqish.
7. Kompaniyaning 2022 yil yakuni boʼyicha yillik hisobotni tasdiqlash.
8. 2022 yil faoliyat yakuni boʼyicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini koʼrib chiqish.
9. 2022 yil uchun Kompaniya sof foydasini taqsimlash.
10. Kompaniya Ustaviga oʼzgartirishlar kiritish va yangi tahrirda Kompaniya Ustavini tasdiqlash.
11. Kompaniyaning ichki meʼyoriy hujjatlariga oʼzgartirishlar kiritish hamda ularning yangi tahrirda tasdiqlash.
12. Taftish komissiyasining faoliyatini tugatish, hamda taftish komissiyasi toʼgʼrisidagi Nizomni bekor qilish.
13. Kuzatuv kengashining yangi tarkibini, shu jumladan mustaqil aʼzolarni saylash.
14. Kompaniyaning 2023 yil moliya-xoʼjalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga toʼlanadigan eng koʼp haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
15. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
16. Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni maʼqullash masalasini koʼrib chiqish.
17. Kompaniyaning joriy xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan yirik bitimlarni tuzish masalasini ijro organi tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlash hamda maʼqullash.
18. Xayriya (homiylik) yoki begʼaraz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.
Аktsiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar bilan Kompaniyaning www.alskom.uz korporativ veb-sayti,
http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki
info@alskom.uz elektron manzili orqali soʼrov yuborishingiz mumkin. Maʼlumot uchun telefon: 78-147-11-00.