Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Янгиликлар

RSS
17 May 2017 "ALSKOM" Sug'yrta Kompaniyasi Buxoro viloyatida "Olot" bo'linmasini ochdi

"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi Buxoro viloyatining Olot tumanida o'zining yangi bo'linmasini ochdi. Bu tuman aholisi uchun sug'urta xizmatlarini ko'rsatish sifatini keskin yuksaltirish istiqbolini ochib beradi.

18 April 2017 «ALSKOM» sug'urta kompaniyasi AJ Korporativ boshqaruv Kodeksi tafsiyalariga amal qilish majburiyatini qabul qildi

2017 yil 10 aprelda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida Kompaniya 2017 yil 1 iyuldan Korporativ boshqaruv kodeksini tafsiyalariga amal qilish majburiyatini qabul qilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

17 April 2017 “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasida hududiy filiallar ishtirokida 2017 yilning 1-choragi sarhisob qilindi

2017 yilning 14 aprelida bo'lib o'tgan ushbu yig'ilishda “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasining barcha hududiy filiallari va ularning tarkibidagi bo'linmalar rahbarlari ishtirok etdilar. 2017 yilning 1-choragi yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

14 April 2017 "ALSKOM" Sug`urta Kompaniyasi "BankExpo-2017" ko'rgazmasida ishtirok etdi

       Ko`rgazma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, parlament quyi palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi, Banklar assotsiatsiyasi hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

7 April 2017 "ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi Xorazm viloyatining qadimiy Shovot tumanida o'zining yangi bo'linmasini ochdi

"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi Xorazm viloyatining qadimiy Shovot tumanida o'zining yangi bo'linmasini ochdi. Bu esa 70 mingga yaqin aholisi istiqomat qiladigan tuman aholisi uchun sug'urta xizmati ko'rsatish sifati va darajasini keskin yuksaltirish istiqbolini ochib beradi.

29 March 2017 «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qiladi

Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109-uy manzili bo'yicha joylashgan (elektron pochta manzili: info@alskom.uz, veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2017 yil 10 aprel soat 10:30da Toshkent sh., Amir Temur shox ko'chasi, 4 manzilda joylashgan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazadi.