Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109-uy manzili bo'yicha joylashgan «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2017 yil 29 iyun soat 10:00da Toshkent sh., A. Navoiy ko'chasi, 28A manzilda joylashgan Aloqa tarixi muzeyida aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishini o'tkazadi.
Sug'urta Kompaniyasining har bir mijozi uchun sug'urta da'volarining qisqa muddatda va sifatli bartaraf etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda assistans xizmatining o'rni beqiyosdir. Ushbu omillarni inobatga olgan holda, MCHJ “ALSKOM TRANS SERVIS” joriy yil 1 iyundan boshlab sug'urta faoliyati bo'yicha assistans xizmatlarini ko'rsata boshladi.
2017 yil 6 iyunda "ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi AJ Kuzatuv Kengashining Kompaniyaning 2016 yil faoliyati yakunlari bo'yicha majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kompaniya bosh direktori Tohirjon Iminovning Kompaniyaning 2016 yilda moliyaviy-xo'jalik faoliyati yakunlari va biznes-rejaning bajarilishi to'g'risida hisoboti tinglandi.
2017 yilning aprel-may oylarida “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi tomonidan seminarlar o'tkazish reja-jadvaliga muvofiq Kompaniyaning barcha hududiy tarmoqlarida sug'urta agentlari uchun sayyor seminarlar o'tkazildi.
"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi Buxoro viloyatining Olot tumanida o'zining yangi bo'linmasini ochdi. Bu tuman aholisi uchun sug'urta xizmatlarini ko'rsatish sifatini keskin yuksaltirish istiqbolini ochib beradi.
2017 yil 10 aprelda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida Kompaniya 2017 yil 1 iyuldan Korporativ boshqaruv kodeksini tafsiyalariga amal qilish majburiyatini qabul qilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.