Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

КАСКО - Комплект

Zarar vujudga kelganda Sug'urta qildiruvchi nima qilishi lozim:

  • Avariya signalizatsiyasini yoqing.
  • avariya to'xtash belgisini qo'ying.
  • Hodisa yuz bergan joyga YHXB xodimlarini, shuningdek zarur hollarda tez yordam va boshqa ximatlarni chaqirtiring.
  • Avariya guvohlarining F.I.Sh, adres va telefon raqamlarini yozib oling..

Nimani qilish kerak emas:

  • YHXB xodimlari yetib kelgunga qadar avariya joyini tark etmaslik.
  • Mashinani olib qo'yish va yo'l transport hodisasi (YTH)ga taalluqli predmetlarni tegish.
  • Inspektorning ruxsatisiz va sizga taqdim etishi kerak bo'lgan hujjatlarsiz mashinani evakuatsiya qilish.

Agar yo'l transport hodisasi natijasida yo'lda tirbandlik vujudga kelgan bo'lsa, va boshqa transport vositalarining harakatlanish  imkoniyati mavjud bo'lmay qolsa, faqatgina guvohlar mavjudligida yo'l transport hodisasi joyidagi transport vositalarining joylashuv sxemasini tuzganizdan so'nggina, siz o'tib ketish qismini bo'shatishingiz mumkin, guvohlarning F.I.Sh, adres va telefon raqamlarini yozib oling.

Xavf-xatar guruhidan kelib chiqqan holda, sug'urta tovonini olish uchun zarur hujjatlar:

  • sug'urtalangan transport vositasining ro'yxatga olish-hisob hujjatlari (transport vositasini ro'yxatga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma va transport vositasining pasporti) nusxasi hamda asl kalitlarning to'plami;
  • polisning asli yoki nusxasi va shartnoma nusxasi;
  • yuz bergan hodisaning xususiyatidan kelib chiqib, belgilangan shakldagi sug'urta hodisasining yuz berganlik shart-sharoitlarini tasdiqlovchi, mas'ul shaxsning imzosi va maxsus vakolatli organlarning (DYHXX, IIV, YXBB, Gidrometeorologik xizmat, sud va boshqalar) muhri bilan tasdiqlangan hujjatlar;
  • transport vositasidan foydalanish va egalik qilish uchun berilgan, barcha ishonchnomalar;
  • YTH vaqtida transport vositasini boshqargan shaxsning haydovchilik guvohnomasi va transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomaning nusxasi;
  • jinoiy ish ochilganligi haqida O'zR IIV organlaridan ma'lumotnoma;
  • YTH vaqtida transport vositasini boshqargan shaxsning hushyorligi to'g'risida tibbiy tekshiruv xulosasi;
  • ma'lumotnomalar, schetlar va qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
  • yetkazilgan zarar miqdori haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar (ekspertlar xulosasi, sud organi qarorlari va boshqalar), shuningdek, ma'lumotnomalar, schetlar va qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
  • «Abandon» (Sug'urta qildiruvchining transport vositasidan mol-mulk sifatida Sug'urtalovchi foydasiga voz kechishi);
  • sug'urta hodisasi sanasini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar (kasallik varaqasining nusxasi, davolanishning davomiyligi haqida ma'lumotnoma, TMEK xulosasining nusxasi, o'lim to'g'risidagi guvohnoma nusxasi);
  • jabrlanuvchining pasport nusxasi;
  • mulkka egalik qilish huquqini va jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • sug'urta summasini oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va zarur bo'ganda, meros huquqining kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

YHXB tomonidan rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlar (YTH qatnashchilari va guvohlarining tushuntirish xatlaridan bundan mustasno) sizning ishtirokingizda to'ldirilgan bo'lishi shart. Siz har qanday mulohazani bildirishga, noaniqligiga va muhim holatlarga ko'rsatishga va bularni hujjatda ko'rsatilishini talab qilishga haqlisiz. Agar siz biron-bir bandga rozi bo'lmasangiz, "Rozi emasman" tavsifi bilan yozib qo'ying.

Quyidagilarni albatta tekshirib ko'ring:

  • hujjatdagi barcha jadval va bo'limlar to'ldirilganligi yoki tagiga chizilganligi;
  • hujjatlarda sizning avtomobilingizning barcha shikast yetgan joylari ko'rsatib o'tilganligi.

Qo'shimcha hujjatlar kerak bo'lishi mumkin:

  • Agar mashina kreditga sotib olingan bo'lsa, kredit qarzdorligi miqdorini va sug'urta tovoni to'lovining shaklini o'z ichiga olgan Bankning xati.
  • Agar siz xorij fuqarosi bo'lsangiz, pasport va haydovchilik guvohnomasi tarjimasining tasdiqlangani.

Avariyani rasmiylashtirish.

Zarar aniqlangandan so'ng siz 72 soat ichida (dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda) har qanday maqbul yo'l bilan (telefon, faks orqali) «ALSKOM» sug'urta kompaniyasiga +(998 71) 147-11-00 telefon raqamiga yoki «ALSKOM» sug'urta kompaniyasining adjasterlik xizmatiga +(998 90) 326-09-00 telefon raqamiga xabar berishingiz lozim.

Bizga zararni qoplab berish to'g'risida xabar bergandan so'ng 10 (o'n) ish kuni ichida quyidagilarni ko'rsatgan holda sug'urta tovonini to'lab berish to'g'risida ariza (Biz tomondan belgilangan shaklda) taqdim etishingiz lozim:

  • Sug'urta qildiruvchi (Sug'urtalanagna shaxs) ning familiya, ismi, sharifi;
  • polis (sug'urta shartnomasi) raqami;
  • sug'urta hodisasi sanalari;
  • sug'urta hodisasi ro'y berishi holatlari.

Arizada ariza beruvchining imzosi, va sana bo'lishi lozim.

Ofisga borishdan oldin, sizda zarur barcha hujjatlar borligiga ishonch hosil qiling.

Sizning hisob raqamingizga sug'urta tovonini o'tkazish uchun, o'rnatilgan tartibdagi arizada zaruriy rekvizitlar ro'yxatini ko'rsating:

  • Bankning tashkiliy-huquqiy shakli, bank bo'limining nomi, bank joylashgan shahar ko'rsatilgan holda bankning nomi;
  • Qabul qiluvchi bankining STIR raqami;
  • Qabul qiluvchi bankining MFO raqami;
  • Qabul qiluvchi bankining hisob-raqami;
  • Qabul qiluvchi shaxsiy hisob-raqami;
  • Bank kartasining raqami (agar bo'lsa);
  • Qabul qiluvchining F.I.Sh. (bankda yozilgan tartibda, chunki bankdagi va pasportdagi F.I.Sh. bir biridan farq qiladi, masalan, ular kotin yozuvida, sharifi bilan yoki usiz yozilgan bo'lishi mumkin va hokazo);
  • Agar qabul qiluvchi bo'lib yuridik shaxs hisoblansa, albatta qabul qiluvchining STIR raqami ko'rsatilishi lozim, bunday holatda rekvizitlar to'ldirilayotgan bazada albatta yuridik shaxs ko'rsatiladi.

So'ng nima qilish lozim:

Zararni baholash uchun ko'zdan kechirish maqsadida avtomobilni sug'urta kompaniyasiga taqdim eting.

Barcha hujjatlar topshirilib, avtomobil ko'zdan kechirilgandan so'ng kompaniya xodimlari sizga to'lov muddatlari haqida xabar berishadi.