Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Страхование имущества

Zarar aniqlanganda Sug'urta qildiruvchi nima qilishi lozim:

  • Zararni kamaytirish va sug'urtalangan ob'ektni saqlab qolish uchun barcha amalga oshirilishi mumkin bo'lgan, shu jumladan Sug'urtalovchi tomonidan tavsiya etilgan choralarni ko'rish.
  • Zarar aniqlangan daqiqadan boshlab, bu haqda zudlik bilan maxsus vakolatli organlarga ma'lum qilish va 72 soat ichida (dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda) har qanday maqbul yo'l bilan (telefon, faks orqali) Sug'urtalovchiga xabar berish.
  • Xabar bergan kundan boshlab 10 (o'n) ish kunidan kechiktirmay zarar aniqlanganligi haqida yozma arizani (Sug'urtalovchi tomonidan belgilangan shakldagi) Sug'urtalovchi tomonidan talab qilingan, hamda sug'urta shartnomasi shartlariga ko'ra faktni tasdiqlash, zarar sababi va miqdorini aniqlash uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlarni taqdim etish.
  • Sug'urtalovchiga shikastlangan sug'urta ob'ektini ko'zdan kechirish yoki tekshirish, zarar sababi va miqdorini aniqlash uchun tergov ishlarini olib borishga imkon yaratib berish.
  • Sug'urtalovchining talabiga ko'ra sug'urtalangan ob'ektning nobud bo'lishi yoki shikastlanishi sababi va zarar miqdorini mulohaza qilish uchun zaruriy barcha ma'lumotlarni yozma ravishda taqdim etish.
  • Sug'urtalovchiga shikastlangan, nobud bo'lgan yoki yo'qolgan sug'urta ob'ektlarining ro'yxatini (tavsifini) berish. Bu ro'yxat (tavsif) Sug'urtalovchi bilan kelishilgan muddatda, lekin har qanday holatda ham sug'urta hodisasi yuz bergan kundan boshlab bir oydan kechiktirmagan holda taqdim etilishi lozim. Tavsif;ar shikastlangan sug'urta ob'ektlarining sug'urta hodisasi yuz bergan kundagi qiymatini ko'rsatgan holda tuziladi.
  • Shikastlangan sug'urta ob'ektlarini sug'urta hodisasidan keyin qanday ahvolda bo'lsa, shu ko'rinishda saqlab qolish. Zarar ko'rilgandagi holatni faqatgina, xavfsizlik va/yoki zarar miqdorini kamaytirish nuqtai nazarlaridan o'zgartirish mumkin.
  • Sug'urtalovchi tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan talab qilish huquqining amalg oshirilishi uchun unga barcha hujjatlarni berish va barcha choralarni ko'rish.

Sug'urta qildiruvchining Shartnomadan va Qoidalardan kelib chiquvchi barcha majburiyatlari Naf oluvchiga ham bir xilda taalluqlidir, sug'urta mukofotini to'lash bo'yicha majburiyatlar bundan mustasno. Naf oluvchi tomonidan ushbu majburiyatlarning bajarilmasligi, ularning Sug'urta qildiruvchi tomonidan bajarilmaslik holati keltirib chiqargani kabi oqibatlarga olib keladi.

Sug'urta tovonini to'lash uchun Sug'urta qildiruvchining sug'urtalangan ob'ektga zarar yetkazilganligi haqidagi arizasi, Sug'urtalovchining vakillari tomonidan tuzilgan ko'zdan kechirish dalolatnomasi, hamda vakolatli organlarning (Gidrometeorologik xizmat, YXBB, FVV, IIV, tergov organlari, sud va boshqa maxsus vakolatli organlarning ma'lumotnomalari) hujjatlari asos hisoblanadi.

Zarar quyidagicha aniqlanadi:

  • mol-mulk o'g'irlangan (yo'qolgan)da - uning Shartnoma bo'yicha sug'urta summasi miqdorida;
  • mol-mulk nobud bo'lganda, foydalanishga yaroqli qoldiq qismlar qiymatini chegirgan holda uning sug'urta summasi miqdorida;
  • mol-mulkka shikast yetganda - uni qayta tiklashga ketadigan xarajatlar miqdorida.

Qayta tiklashga ketadigan xarajatlar o'z ichiga quyidagilarni oladi (agar Shartnomada boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa):

  • mulkni qayta tiklash uchun zarur materiallar va ehtiyot qismlarga xarajatlar. Qayta tiklash xarajatlari qayta tiklash (ta'mirlash) jarayonida almashtirilayorgan materiallar va ehtiyot qismlarning eskirishini hisobga olgan holda aniqlanadi, aynan: agar mulkning eskirishi 30% dan oshsa, u holda mulkni qayta tiklashga ketadigan xarajatlardan ta'mir jarayonida alamashtirilgan alohida qismlar (detallar, elementlar va boshqalar)ning qoldiq qiymati chegirib tashlanadi;
  • qayta tiklash bo'yicha xizmat xarajatlari.

Quyidagilar qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga kirmaydi:

  • sug'urtalangan ob'ektni ko'zdan kechirish va/yoki yaxshilash bilan bog'liq xarajatlar;
  • vaqtinchalik (yordamchi) ta'mirlashga ketadigan xarajatlar.

Agar Sug'urta qildiruvchining mulki to'liq bo'lmagan qiymatda sug'uralangan bo'lsa, yoki sug'urta tovoni to'langanligi tufayli navbatdagi sug'urta hodisasi yuz bergan vaqtda Shartnoma bo'yicha sug'urta summasi kamaygan va zararlangan mulkning sug'urta qiymatidan kam bo'lsa, u holda Sug'urtalovchi sug'urta summasini (sug'urta summasining qoldiq qismini) mulkning sug'urta (haqiqiy) qiymatiga mutanosib ravishda zararni qoplab beradi va u quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

ST= (ZM * (SS / HQ))– F, bu yerda
ST– to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta tovoni;
SS – Shartnoma bo'yicha sug'urta summasi;
HQ – mulkning haqiqiy qiymati;
ZM – zararning haqiqiy miqdori;
F – franshiza (o'rnatilmagan taqdirda 0 ga teng).
Bunda summalarining mulkning sug'urta qiymatiga mutanosibligi har bir sug'urtalangan ob'ekt bo'yicha alohida belgilanadi.

Sizning hisob raqamingizga sug'urta tovonini o'tkazish uchun, o'rnatilgan tartibdagi arizada zaruriy rekvizitlar ro'yxatini ko'rsating:

  • Bankning tashkiliy-huquqiy shakli, bank bo'limining nomi, bank joylashgan shahar ko'rsatilgan holda bankning nomi;
  • Qabul qiluvchi bankining STIR raqami;
  • Qabul qiluvchi Bankining MFO raqami;
  • Qabul qiluvchi bankining hisob-raqami;
  • Qabul qiluvchining shaxsiy hisob raqami;
  • Bank kartasining raqami (agar bo'lsa);
  • Qabul qiluvchining F.I.Sh. (bankda yozilgan tartibda, chunki bankdagi va pasportdagi F.I.Sh. bir biridan farq qiladi, masalan, ular kotin yozuvida, sharifi bilan yoki usiz yozilgan bo'lishi mumkin va hokazo);
  • Agar qabul qiluvchi bo'lib yuridik shaxs hisoblansa, albatta qabul qiluvchining STIR raqami ko'rsatilishi lozim, bunday holatda rekvizitlar to'ldirilayotgan bazada albatta yuridik shaxs ko'rsatiladi.