Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish "TVEFJMSQ"

Avariyadan so'ng sizning harakatlaringiz:
  • Avariya signalizatsiyasini yoqing.
  • avariya to'xtash belgisini qo'ying (shahar chegarasida 15 m masofada va shahardan tashqarida 30 m masofada).
  • YHXB inspektorini, agar siz mobil telefondan foydalansangiz 102 raqamiga yoki yo'l transport hodisasi yuz bergan joydan kelib chiqqan holda YHXB ning telefonlaridan biriga qo'ng'iroq qilib chaqiring.
  • Maslahat olish maqsadida "ALSKOM" sug'urta kompaniyasiga quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling: (+99871) 147-11-00, (+99890) 326-09-00, (+99890) 178-51-00 va sizga yo'l transport hodisasi joyida to'g'ri harakatlanishni, YHXB inspektorini, zarur holda esa tezkor tibbiy yordam yoki evakuatorni chaqirilishida yordam ko'rsatiladi.
  • Avariya guvohlarining F.I.Sh, adres va telefon raqamlarini yozib oling.

So'ng nima qilish lozim:

  • YHXB inspektori kelgunga qadar yo'l transport hodisasi joyidan avtomobilni olmang, hodisaga aloqador bo'lgan predmetlarni boshqa joyga ko'chirmang.
  • Avariya joyida hech qanday pul to'lamang.
  • Avariya holatlari va tomonlarning aybdorlik darajasi to'g'risida hech kim bilan muhokama qilmang.
  • Yo'l transport hodisasining boshqa ishtirokchisiga o'zingizning polisingiz ma'lumotlari haqida xabar bering (polis raqami, sug'urta kompaniyasining nomlanishi, adres va telefon raqami).
  • Avariyaning boshqa ishtirokchilaridan ularning polislari to'g'risida ma'lumotlarni oling (polis raqamlari, sug'urta kompaniyalarining nomlanishi, adres va telefon raqamlari). Avariyadan so'ng 72 soat kechikmay sug'urta kompaniyasiga yo'l transport hodisasi haqida xabar bering, ya'ni borib, o'rnatilgan tartibda ariza yozilishi lozim.

Agar yo'l transport hodisasi natijasida yo'lda tirbandlik vujudga kelgan bo'lsa, va boshqa transport vositalarining harakatlanish  imkoniyati mavjud bo'lmay qolsa, faqatgina guvohlar mavjudligida yo'l transport hodisasi joyidagi transport vositalarining joylashuv sxemasini tuzganizdan so'nggina, siz o'tib ketish qismini bo'shatishingiz mumkin, guvohlarning F.I.Sh, adres va telefon raqamlarini yozib oling.

YHXB vakillari tomonidan yo'l transport hodisasi fakti hujjat asosida rasmiylashtirilgach va ulardan tegishli ruxsat olingach avtomobilni hodisa joyidan evakuatsiyasini amalga oshiring.

Avariya joyida nimani to'ldirish lozim

Sug'urtalanayotganda polis va majburiy sug'urta qoidalari bilan birga beriladigan yo'l transport hodisasi haqidagi xabarnoma blankini hodisaning boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda. To'ldirib bo'lgandan so'ng avariyaning boshqa ishtirokchilari bilan alishtirib oling.

Diqqat!

Inspektordan ma'lumotnoma, bayonnoma nusxasi, yo'l transport hodisasi sxemasi, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarorni olishni unutmang.

Avtomobilning barcha shikastlangan joylari rasmiylashtirilishini sinchkovlik bilan kuzating, chunki sug'urta qoplamasining to'lovi shunga bog'liq bo'ladi.

Sug'urta qoplamasini olish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar:

  • Egasining pasporti hamda haydovchining pasporti;
  • Avtomobilning texpasporti;
  • majburiy sug'urta polisi;
  • Ishonchnoma va yo'l varaqasi;
  • YHXB IIB Qarori;
  • Avtotransport yetkazilgan zarar bahosidan nusxa va rasmi;
  • Haydovchilik guvohnomasi va talon;
  • Alkogol ichimlik iste'mol qilganligi va mastlik holati faktini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o'tkazish protokoli;
  • Sug'urta qoplamasini to'lash to'g'risida ariza.

So'ng nima qilish lozim:

5 ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda avtomobilni tekshiruvdan o'tkazish va zararni baholash uchun taqdim qilmoq.

Barcha hujjatlar topshirilgandan va ko'rib chiqilgandan, avtomobil tekshiruvdan o'tgandan, va Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta qoplamasini to'lash to'g'risidagi qaror qabul qilingandan so'ng, sug'urta qoplamasi ushbu qaror chiqqandan so'ng 5 ish kuni mobaynida sizning hisob raqamingizga o'tkaziladi.

Majburiy sug'urta qoidalariga ko'ra qoplama siz ko'rsatgan hisob raqamga naqdsiz pul ko'rinishida amalga oshiriladi. O'tkazmani amalga oshirish uchun o'zingizning hisob rekvizitlaringizni taqdim etishingiz lozim.

  • Jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'iga ziyon yetkazilgan taqdirda sug'urta qoplamasi miqdori sug'urta summasining 65% idan oshioshi mumkin emas.
  • Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda sug'urta qoplamasi miqdori sug'urta summasining 35% idan oshishi mumkin emas.

Kerakli rekvizitlar ro'yxati:

  • Bankning tashkiliy-huquqiy shakli, bank bo'limining nomi, bank joylashgan shahar ko'rsatilgan holda bankning nomi;
  • Qabul qiluvchi bankning STIR raqami;
  • Qabul qiluvchi bankning hisob-raqami;
  • Bank MFO;
  • Qabul qiluvchining shaxsiy hisob raqami;
  • Bank kartasining raqami (agar bo'lsa);
  • Qabul qiluvchining F.I.Sh. (bankda yozilgan tartibda, chunki bankdagi va pasportdagi F.I.Sh. bir biridan farq qiladi, masalan, ular kotin yozuvida, sharifi bilan yoki usiz yozilgan bo'lishi mumkin va hokazo);
  • Agar qabul qiluvchi bo'lib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lsa, unda qabul qiluvchining STIr raqami kerak, bunday holatda rekvizitlar to'ldirilayotganda bazada albatta YTT ko'rsatiladi.