Sport tadbirlari ishtirokchilarini baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish
Sport tadbirlari ishtirokchilari uchun ishonchli himoya
"ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI" AJ sport tadbirlari, musobaqalar, ommaviy yugurishlar, turnirlar va sog‘lomlashtirish aksiyalarida ishtirok etuvchilar uchun maxsus sug‘urta dasturini taklif etadi. Sug‘urta polisi, jarohatlar va boshqa baxtsiz hodisalar oqibatida yuzaga keladigan kutilmagan holatlarda moliyaviy himoyani ta’minlaydi.
Nima sug‘urtalanadi?
Sug‘urtalash obyekti — bu sport tadbirlarida ishtirok etish davrida ishtirokchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mehnatga layoqatliligi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlar hisoblanadi.
Sug‘urta summasi va badali
-
Sug‘urta summasi ommaviy Oferta asosida Sug'urtalovchi tanlagan sport turiga qarab belgilanadi.
-
Sug‘urta badali ommaviy Oferta asosida Sug'urtalovchi tanlagan sport turiga qarab belgilanadi.
Dastur kimlar uchun mo‘ljallangan?
-
Professional va havaskor musobaqalar ishtirokchilari
-
Sport va ommaviy tadbirlar tashkilotchilari
-
Bolalar va o‘smirlar sport maktablari
-
Federatsiyalar, klublar va sport seksiyalari
-
Sport tadbirlariga xodimlarini yuboruvchi ish beruvchilar
Maslahat uchun murojaat qiling
O‘zingizni va tadbir ishtirokchilarini himoya qiling — polisni onlayn rasmiylashtiring.
Xizmatlarimizdan qulay foydalanish uchun
Mobil ilovamizdan foydalaning.
"ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI" AJ — Sizning ishonchli sug‘urta hamkoringiz!