O‘zingizni va atrofdagilarni himoya qiling – “ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJda TVE FJMS polisi rasmiylashtiring
O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir transport vositasi egasi o‘zining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishi shart.
Agar yo‘l-transport hodisasi (YTH) natijasida boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilsa, sug‘urta kompaniyasi qonunchilikda belgilangan limitlar doirasida ushbu zararni sizning o‘rninggizga qoplaydi.
TVE FJMS nimalarni qoplaydi?
Uchinchi shaxslar hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zarar
Agar YTH natijasida jabrlanuvchilar jarohatlansa yoki vafot etsa.
Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar Boshqa avtomobillar, binolar yoki boshqa ob’ektlarga YTH natijasida yetkazilgan zarar.
Kimlarga TVE FJMS polisi kerak?
Ushbu sug‘urta polisi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha transport vositalari egalari uchun majburiy hisoblanadi.
“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJda TVE FJMS polisining afzalliklari:
- Elektron polis – ofisga borish shart emas
- Tezkor rasmiylashtirish – atigi 5 daqiqa
- 24/7 qo‘llab-quvvatlash
- 28 yillik tajribaga ega ishonchli hamkor
- Qonunchilikka muvofiq kafolatlangan to‘lovlar
Polisni qanday rasmiylashtirish mumkin?
- “Rasmiylashtirish” bo‘limiga o‘ting
- Transport vositasi va egasi haqida ma’lumot kiriting
- Polis uchun onlayn to‘lovni amalga oshiring
- Elektron polisni e-mail yoki telefon orqali qabul qiling
DIQQAT! Agar transport vositasi boshqaruvi bir nechta shaxslarga ruxsat etilgan bo‘lsa, TVE FJMSpolisiga ularning ma’lumotlari ham qarindoshlik darajasini ko'rsatgan holda kiritilishi lozim.
