Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Bank plastik kartochkalari sug'urtasi

Sug'urta ob'ekti bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lmagan, summali karta (kartochka)lardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararlar bilan bog'liq Sug'urta qildiruvchining mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

Sug'urta qildiruvchi (Naf oluvchi)ning debet (hisob-kitob), kredit kartochkalaridan foydalanishda sug'urta hodisasining kelib chiqishi sug'urta himoyasiga olinadi.

Sug'urta hodisasiga quyidagilar oqibatida yetkazilgan zarar kiradi:

  • kartochkaning yo'qotilishi;
  • Sug'urta qildiruvchining (Naf oluvchining) hisobi haqida asossiz ravishda ma'lumotga ega bo'lishi.

Kartochkaning yo'qotilishi xavfi sug'urtalanayotganda, sug'urta summasi Bank bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra plastik kartochkasini tayyorlash qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.

Sug'urta qildiruvchining (Naf oluvchining) hisobi haqida asossiz ravishda ma'lumotga ega bo'lishi xavfi sug'urtalanayotganda, sug'urta summasi Sug'urta qildiruvchining (Naf oluvchining) hisobidagi qoldig'idan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi.

Sug'urta mukofoti Sug'urtalovchi tomonidan tariflar va sug'urta summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sug'urta mukofoti miqdori sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kuchaytiradigan omillar va xavflardan kelib chiqqan holda Sug'urtalovchi tomonidan oshirilishi mumkin.

Sug'urta tovoni sug'urta hodisasi yuz berganligi fakti belgilangach, sug'urta dalolatnomasi tuzilgach, bu fakt taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangach hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlangach 7 (yetti) bank kuni davomida to'lab beriladi.