Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Несчастный случай

Zarar aniqlanganda Sug'urta qildiruvchi nima qilishi lozim:

Sug'urta hodisasi yuz berganda bu haqda «ALSKOM» sug'urta kompaniyasini yozma ravishda 30 (o'ttiz) kalendar kuni ichida xabardor qilishingiz lozim. Sug'urta qildiruvchining sug'urta hodisasi yuz berganligi to'g'risida xabar berish majburiyati Sug'urtalangan shaxs yoki Naf oluvchi tomonidan bajarilishi mumkin.

Zarur hollarda sug'urta holati tafsilotlariga aniqlik kiritish uchun «ALSKOM» sug'urta kompaniyasi mutaxassislari sizga bog'lana olishlari maqsadida, telefon raqamlaringizni to'g'ri ko'rsating, iltimos.
To'ldirilgan shakl yoki olingan xatga sug'urta kompaniyasining javobi faqatgina tafsilotlarni aniqlash zarurati hollarida amalga oshiriladi. Tovonni to'lash to'g'risidagi arizaning asl nusxasi va hujjatlar to'plami kelib tushgandan so'nggina zararni bartaraf etish ishlari boshlanadi.

Maslahat olish uchun "ALSKOM" sug'urta kompaniyasining (+99871) 147-11-00, (+99890) 326-09-00, (+99899) 855-04-54 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling va sizga to'g'ri harakat qilishda yordam berishadi.

So'ng nima qilish lozim:

Sug'urta hodisasi haqida xabar bergandan so'ng «ALSKOM» sug'urta kompaniyasiga sug'urta tovonini to'lash to'g'risidagi yozma arizaga quyidagilarni ko'rsatgan holda taqdim etishingiz lozim:

  • Sug'urta qildiruvchining (Sug'urtalangan shaxsning) familiya, ismi va sharifi;
  • polis (sug'urta shartnomasi) raqami;
  • sug'urta hodisasi sanasi;
  • sug'urta hodisasi yuz berishi holatlari.

Arizada ariza beruvchining imzosi va sana bo'lishi shart.

Sug'urta tovoni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • sug'urta polisi va sug'urta shartnomasi ilovalari bilan birga nusxasi;
  • baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtdan e'tiboran 3 (uch) kalendar kuni ichida berilgan, shuningdek, sug'urta hodisasining sanasini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar (kasallik varaqasining nusxasi, davolanishning davomiyligi haqida ma'lumotnoma, TMEK xulosasining nusxasi, o'lim to'g'risidagi guvohnoma nusxasi);
  • sug'urta hodisasining sababi va xarakterini aniqlash uchun zarur boshqa hujjatlar;
  • jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • sug'urta summasini oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va zarur bo'lganda, meros huquqining kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Bank rekvizitlari (sizning hisob raqamingizga to'lovni o'tkazish uchun).

Zaruriy rekvizitlar ro'yxati:

  • Bankning tashkiliy-huquqiy shakli, bank bo'limining nomi, bank joylashgan shahar ko'rsatilgan holda bankning nomi;
  • Qabul qiluvchi bankning STIR raqami;
  • Bank MFO;
  • Qabul qiluvchi bankning hisob-raqami;
  • Qabul qiluvchining shaxsiy hisob raqami;
  • Bank kartasining raqami (agar bo'lsa);
  • Qabul qiluvchining F.I.Sh. (bankda yozilgan tartibda, chunki bankdagi va pasportdagi F.I.Sh. bir biridan farq qiladi, masalan, ular kotin yozuvida, sharifi bilan yoki usiz yozilgan bo'lishi mumkin va hokazo).

Agar qabul qiluvchi bo'lib yuridik shaxs hisoblansa, albatta qabul qiluvchining STIR raqami ko'rsatilishi lozim, bunday holatda rekvizitlar to'ldirilayotgan bazada albatta yuridik shaxs ko'rsatiladi.
Qo'shimcha ma'lumotlarni baxtsiz hodisalardan sug'urta polisi/shartnomasi va sug'urta qoidalaridan bilishingiz mumkin.