Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG'URTA QILISH "IBFJMS"

Quyidagi holatlarda sug'urta tovoni to'lovi amalga oshiriladi:

  • Tashkilot xodimlarining kasbiy kasalligi.
  • Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalardan jarohatlanishi.
  • Ishlab chiqarishda xodimning vafot etishi.

Tovonlar quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • Jabrlanuvchi mehnatda mayib bo'lgunga qadar olgan o'rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo'qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to'lov yoki kasb kasalligi aniqlangunga qadar olgan o'rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadigan har oylik to'lov.
  • marhumning o'rtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning o'ziga va qaramog'ida bo'lgan, lekin yetkazilgan zararning o'rni qoplanishiga haqli bo'lmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga to'g'ri keladigan ulush chegirib tashlangan holdagi har oylik to'lov.
  • Xodim vafot etgan taqdirda majburiy sug'urta qilish shartnomasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdordagi dafn etish xarajatlari.
  • Ish beruvchining qo'shimcha xarajatlari ni qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya qilish.

Baxtsiz hodisa natijasida nogironlik

Baxtsiz hodisa yuz berganda Ish beruvchining xatti-harakatlari:

  • Sug'urtalovchini ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berganligi to'g'risida o'ziga ma'lum bo'lgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi.
  • Xodimni ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartlari hamda shartnoma bo'yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishi.

So'ng nima qilish lozim:

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartomasi bo'yicha sug'urta hodisasi yuz bergan taqdirda Ish beruvchi Sug'urtalovchiga sug'urta tovoni talabidan iborat bo'lgan yozma shakldagi ariza bilan murojaat qiladi (sug'urta qoidalariga 4-ilova), unga quyidagilarni ilova qiladi:

  • Ish beruvchining yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi Buyrug'ining nusxasi (sug'urta qoidalariga 5-ilova);
  • Xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi talabi ko'rsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining nusxasi;
  • Sug'urta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan o'rtacha oylik yoki yillik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma;
  • Mehnat shartnomasining (kontraktining) nusxasi;
  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir bo'lganligini va xodim uchun uning oqibati ni tasdiqlovchi hujjatlar (ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi, tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining xulosasi, nizolar yuzaga kelgan hollarda esa - sudning qarori).

Kasbiy kasallik natijasida vaqtinchalik yoki doimiy mehnatga qobiliyatsizlik.

Xodimda kasbiy kasallik aniqlanganda Ish beruvchining xatti-harakatlari:

  • Sug'urtalovchini ishlab chiqarishda xodimda kasbiy kasallik aniqlangani to'g'risida o'ziga ma'lum bo'lgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi.
  • Xodimni ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartlari hamda shartnoma bo'yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishi.

So'ng nima qilish lozim:

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartomasi bo'yicha xodimda kasbiy kasallik aniqlangan taqdirda, Ish beruvchi Sug'urtalovchiga sug'urta tovoni talabidan iborat bo'lgan yozma shakldagi ariza bilan murojaat qiladi (sug'urta qoidalariga 4-ilova), unga quyidagilarni ilova qiladi:

  • Ish beruvchining yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi Buyrug'ining nusxasi (sug'urta qoidalariga 5-ilova);
  • Xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi talabi ko'rsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining nusxasi;
  • Sug'urta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan o'rtacha oylik yoki yillik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma;
  • Mehnat shartnomasining (kontraktining) nusxasi;
  • Xodimning tibbiy kasallangani haqida tibbiy xulosa;
  • Ishlab chiqarishda xodimning kasbiy kasallangani faktini tasdiqlovchi hujjatlar (tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining xulosasi, nizolar yuzaga kelgan hollarda esa - sudning qarori).

Ishlab chiqarishda xodimning vafot etishi.

Ishlab chiqarishda xodim vafot etganda Ish beruvchining xatti-harakatlari:

  • Sug'urtalovchini ishlab chiqarishda xodim vafot etganligi to'g'risida o'ziga ma'lum bo'lgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi.
  • Naf oluvchini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartlari hamda shartnoma bo'yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishi.

So'ng nima qilish lozim:

Ish beruvchining fuqarolik javobfarligini majburiy sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha ishlab chiqarishda xodim vafot etgan taqdirda Sug'urtalovchiga sug'urta tovoni talabidan iborat bo'lgan yozma shakldagi ariza bilan murojaat qiladi (sug'urta qoidalariga 1-ilova), unga quyidagilarni ilova qiladi:

  • Ish beruvchining yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi Buyrug'ining nusxasi (sug'urta qoidalariga 5-1-ilovasi);
  • Xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi talabi ko'rsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining nusxasi;
  • Sug'urta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan o'rtacha oylik yoki yillik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma;
  • Mehnat shartnomasining (kontraktining) nusxasi;
  • Ishlab chiqarishda xodim vafot etganli faktini tasdiqlovchi hujjatlar (ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisani maxsus tekshiruvi dalolatnomasi);
  • Xodim vafot etganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi va naf oluvchining zararning o'rni qoplanishiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.