Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Обязательное страхование гражданской ответсвенности за причинение вреда жизни, здоровью и (или) имуществу других лиц и окружающей среда в случае аварии на опасном производственном обьекте "ОПО"

Sug'urta qildiruvchi nima qilishi lozim:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008 yildagi 271-sonli Qarorining "Xavfli ishlab chiqarish ob'ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi NIZOMiga muvofiq quyidagilar lozim:

Xavfli ishlab chiqarish ob'ektida avariya sodir bo'gan taqdirda Sug'urtalanuvchi Sug'urtalovchini avariya sodir bo'lishi natijasida:

  • boshqa shaxslarning hayoti va sog'lig'iga;
  • boshqa shaxslarning mol-mulkiga va atrof muhitga zarar yetkazilganda, xavfli ishlab chiqarish ob'ektidagi avariya sodir bo'lgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida bu to'g'rida yozma ravishda xabardor qiladi.

Sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lash miqdori Sug'urtalovchi tomonidan avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish dalolatnomasi, sud qarorlari va sug'urta hodisasi boshlanishining sabablari va holatlari, shu jumladan, boshqa shaxslarga yetkazilgan zarar miqdori ko'rsatilgan boshqa materiallar asosida belgilanadi.

Sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lash tomonlar imzolagan va sug'urta hodisasini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuzilgan sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.

Sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lash sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan belgilangan sug'urta summasi doirasida amalga oshiriladi.

Agar bitta sug'urta shartnomasi bo'yicha ularga nisbatan turlicha sug'urta summasi belgilangan bir necha xavfli ishlab chiqarish ob'ektlari sug'urta qilingan bo'lsa, u holda muayyan sug'urta hodisasi bo'yicha sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lash avariya sodir bo'lgan xavfli ishlab chiqarish ob'ekti bo'yicha belgilangan sug'urta summasi doirasida amalga oshiriladi.

Sug'urta shartnomasi bo'yicha quyidagilar qoplanmaydi:

  • ma'naviy zarar;
  • sug'urtalanuvchi bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan shaxslarga, ular O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarayotganda yetkazilgan zarar;
  • Sug'urtalanuvchi mulkiy huquqqa, xo'jalik yurituvchi huquqiga yoki tezkor boshqarish huquqiga yohud boshqacha qonuniy asosda (ijara huquqiqda, saqlash shartnomasi bo'yicha, ishonchnoma bo'yicha, mulkni unga berish to'g'risidagi tegishli organning farmoyishiga va shu kabilarga ko'ra) unga tegishli bo'lgan mol-mulkka yetkazilgan zarar;
  • Sug'urtalanuvchining neustoyka (jarima, penya) to'lash, uning kafolatli va shunga o'xshash majburiyatlarni bajarish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi bilan bog'liq holda ko'rgan zararlari;
  • yo'qotilgan foyda.

Sug'urta tovoni (sug'urta summasi) bevosita zarar ko'rganga to'lanadi. Ushbu Nizomning 15-bandi b-kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar Sug'urtalanuvchiga to'lanadi.

Sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lash sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Sud qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilingan (rad etilgan) taqdirda Sug'urtalovchi sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lash to'g'risidagi masalani hal etishni, agar dastlabki qaror bo'yicha ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarish mumkin bo'lmasa, sudning uzil-kesil qarori qabul qilinadigan vaqtgacha kechiktirishi mumkin.

Yetkazilgan zarar shuningdek boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan hollarda Sug'urtalovchi faqat sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta tovoni (sug'urta summasi) va boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan pul o'rtasidagi tafovutni to'laydi. Sug'urtalanuvchi Sug'urtalovchini zararni jabrlanganga qoplash uchun boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilgan - o'ziga ma'lum bo'lgan to'lovlar to'g'risida xabardor qilishi shart.

Sug'urtalanuvchi sud qarorini qijro etish asosida unga nisbatan sug'urta shartnomasi tuzilgan xavfli ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish natijasida yetkazilgan zararni qoplagan taqdirda Sug'urtalovchi Sug'urtalanuvchiga sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lashni u amalga oshirgan zarar tovoni doirasida, lekin sug'urta shartnomasi bo'yicha belgilangan sug'urta summasidan ko'p bo'lmagan miqdorda amalga oshiradi.

Sug'urtalovchining sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lashni rad etish huquqi qonun hujjatlari va shartnoma bilan belgilanadi.

Sug'urtalanuvchining zararni to'lash (subrogatsiya) yuzasidan talab qilish huquqining sug'urta tovoni (sug'urta summasi)ni to'lagan Sug'urtalovchiga o'tishi qonun hujjatlari va shartnoma bilan tartibga solinadi.

Xavfli ishlab chiqarish ob'ektida avariya sodir bo'lgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararni foydalanuvchi-sug'urta qilinuvchi tomonidan qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligi paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan sug'urtalanuvchining mulkiy manfaatlari majburiy sug'urta qilish ob'ektlari hisoblanadi.

Sug'urtalanuvchining quyidagilar oqibatida paydo bo'lgan fuqarolik javobgarligi sug'urta holati deb e'tirof etilmaydi:

  • yadroviy portlash, radiatsiya, radioaktiv zararlanish, agar ular ushbu ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish bilan bog'liq bo'lmasa;
  • harbiy harakatlar, shuningdek manevrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar, qurolli tuzilmalar yoki terrorchilarning harakatlari;
  • ommaviy tartibsizliklar, boshqa fuqarolar bo'ysunmasligining jamoaviy holatlari, ish tashlashlar;
  • yengib bo'lmaydigan kuchlar holatlarining ta'siri: tabiiy ofatlar, stihiyali tusdagi tabiat hodisalari;
  • xavfli ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan holatlarning paydo bo'lishi;
  • qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlar.