Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Ijro organi

 Kompaniyaning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi "ALSKOM" SK AJning ijro etuvchi organ, Ustav, Ijro organi haqidagi Nizom asosida ish ko'ruvchi - Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Bosh direktor Kompaniya faoliyatining barcha masalalarini hal etadi, Kuzatuv kengashi va Umumiy yig'ilishning mutloq vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno.

Bosh direktor quyidagilarga haqli:
  • Kompaniya nomidan ishonchnomasiz faoliyat yuritish, boshqa idora va tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yishda uning manfaatlarini ifoda etish;
  • Kompaniya Ustavi va boshqa hujjatlarda belgilangan doirada uning mulki va mablag'larini idora qilish;
  • pul mablag'larini saqlash va turli hisob-kitoblarni, Kompaniyaning kassa va kredit operatsiyalarini amal oshirish uchun banklarda hisob raqamlar ochish;
  • bitimlar tuzish, Kuzatuv kengashi va Umumiy yig'ilishning mutloq vakolatiga kiradigan bitimlar bundan mustasno;
  • kontrakt va shartnomalar, jumladan mehnat shartnomalarini tuzish;
  • ishonchnomalar berish, o'zaro xat yozishuvlarini amalga oshirish;
  • Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini, xodimlar shtatini tasdiqlash, ishchlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
  • jamoa muzokaralarida Kompaniya nomidan chiqish va mehnat jamoasi bilan jamoa shartnomalarini tuzish;
  • o'z vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha Kompaniyaning barcha ishchilari tomonidan ijro etilishi lozim bo'lgan buyruqlar chiqarish va ko'rsatmalar berish;
  • Kompaniya Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda xodimlarni rag'batlantirish;
  • Kompaniya ishchilaridan mehnat shartnomasi va amaldagi tartib-qoidalar, shuningdek, Kompaniyaning ichki qoidalariga amal etishni talab qilish. Mehnat intizomini buzgan ishchilarga hayfsan berish;
  • ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzganda unga Kompaniyaning xizmat va tijorat sirlarini hajmi va tarkibini aniqlab berish.

Ijro etuvchi organ to'g'risida Nizom