Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Taftish komissiyasi

  Taftish komissiyasi Kompaniyaning organi hisoblanib, Kompaniyaning bo'linmalari, xizmatlari, filiallarining moliya-xo'jalik va huquqiy faoliyatini tekshirish vazifasini amalga oshiradi.
  Taftish komissiyasi Kompaniyaning Kuzatuv kengashi va Ijro organi faoliyatini nazorat qiladi, ammo ularning qarorlarini rad etish huquqiga ega emas.

O'z vazifalarini bajarishda Taftish komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
  • Kompaniyaning moliyaviy hujjatlarini, mulkini inventarizatsiyasi bo'yicha komissiya xulosalarini tekshirish, hujjatlarni buxgalteriyaning birlamchi ma'lumotlari bilan solishtirish;
  • Kompaniya nomidan tuzilgan shartnomalarning, bitimlarning, savdo, hisoblarning, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonunga muvofiqligini tekshirish;
  • buxgalteriya va statistik hisobning mavjud me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini tahlil qilish;
  • moliyaviy-xo'jalik faoliyatda o'rnatilgan me'yor, qoidalar va shu kabilarga rioya etilishini tekshirish;
  • Kompaniyaning moliyaviy holatini, to'lovga layoqatliligi, aktivlar likvidligi, o'z mablag'lari va qarz mablag'larining nisbatini tahlil qilish, iqtisodiy holatini yaxshilash zaxiralarini aniqlash va Kompaniyaning boshqaruv organlari uchun tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • mahsulot va xizmat yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar, byudjetga to'lovlar, dividentlarning hisobi va to'lovi, obligatsiyalar bo'yicha foizlarning, boshqa majburiyatlarning bajarilishi o'z vaqtida va to'g'riligini tekshirish;
  • Kompaniya balansining, soliq inspeksiyasi, statistika va davlat organlariga topshiriladigan hisobotlarning to'g'ri tuzilganligini tekshirish;
  • Kuzatuv kengashi va Ijro organi qarorlarining to'g'ri qabul qilinganligi, ularning Kompaniya Ustavi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qarorlariga muvofiqligini tekshrish;
  • aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qarorlarini tahlil qilish, ularning qonunchilik va me'yoriy hujjatlaridan chetlashishi kuzatilgan holda o'zgartirish bo'yicha takliflar kiritish.

F.I.Sh. Eganlayotgan lavozim
Dadamuhamedov Rustam Abdugapparovich

JSC "Uzbekiston Pochtasi"  Financial Director

Makhamadov Adhamjon Mahmudzhanovich

JSC "Uzbektelecom" Deputy Head of Department

Pulatov Umid Shukhratovich

JSC "Aloqabank" Chief Accountant

Taftish komissiyasi to'g'risidagi nizom