Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Sug'urta va hududiy tarmoqni boshqarish departamenti

Direktor: Masaliyev Qahramon Toshtemirovich

Departamentning asosiy vazifalari quyidagilar:
  • Kompaniya filiallari va ularning bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkillashtirish;
  • sug'urta to'lovlarini to'g'ri va haqqoniy hisoblanishini va sug'urta xizmatlari bo'yicha sug'urta qildiruvchilarga ma'lumot taqdim etilishini ta'minlash;
  • Departamentning kundalik faoliyatini hamda sug'urtani amlga oshirish bo'yicha Kompaniya bo'linmalari faoliyatini doimiy hisobini yuritish va tahlil qilib borish;
  • Departamentning va Kompaniyaning hududiy bo'linmalari faoliyati natijalari haqida o'z vaqtida hisobotini ta'minlash;
  • Kompaniyaning vakolatli Departamentiga sug'urta qildiruvchilardan tushgan sug'urta da'volarini ko'rib chiqishda ko'maklashish;
  • Kompaniyaning sug'urta agentlari hamda hududiy bo'linma xodimlarini ishga olish va o'qitishda qatnashish;
  • Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari javobgar xodimlari bilan birgalikda agentlik tarmog'ini tashkil qilish va kengaytirish yo'li bilan sug'urta bozori infrastrukturasini rivojlantirish;
  • sug'urta bozorini tahlil qilish, Kompaniya faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini izlash va o'rganish;
  • Kompaniya boshqaruv tizimi sifatini doimiy yaxshilash va samarali ishlashini ta'minlash;
  • ixtiyoriy tibbiy sug'urta (ITS) bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishni ta'minlash.
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • ham markazda ham respublika tumanlarida Kompaniyaning agentlik tarmog'i, bo'linmalarini tashkil qilish va kengaytirish;
  • Kompaniya filiallarida kadr tarkibi bo'yicha takliflar kiritish;
  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriy hamda majburiy sug'urta shartnomalarini tuzish, amaldagi sug'urta shartnomalari ustidan doimiy nazorat olib borish, muddati tugayotgan sug'urta shartnomalarini qayta tuzish, yangi mijozlarni izlash, doimiy va yangi mijozlarga xizmat ko'rsatishni sifatli ishini ta'minlash, mijozlarga xizmat ko'rsatish tartibini sistematik yaxshilash va muddatini qisqartirish;
  • sug'urta shartnomalari tuzishda risk darajasini, tarif stavkasini, aniq shartlarini aniqlash;
  • ham ixtiyoriy ham majburiy sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislari sotuvini tashkillashtirish;
  • shartnoma hujjatlarini rasmiylashtirishda belgilangan tartib, shartlarm muddatlar va shakllarga rioya qilish, hamda ichki va tashqi qonunchilik va normativ-huquqiy aktlariga so'zsiz rioya qilish;
  • agentlik kelishuvlari shartnomalari tuzilishini to'g'riligiga rioya qilish, sug'urta agentlari faoliyatini nazorat qilish va hisobini yuritish;
  • Kompaniyaning sug'urta qoidalari va Kompaniya sug'urta xizmatlarining barcha turlari bo'yicha shartnomaviy-huquqiy bazasi, Kompaniyaning uslubiy, yo'riqnoma va boshqa ichki hujjatlariga rioya qilish, ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlarining  o'ziga xos xususiyatlarini yanada chuqurroq tushunish maqsadida ichki huquqiy bazani doimiy o'rganib borish va tahlil qilish;
  • sug'urta qildiruvchilardan kelib tushgan sug'urta qtovonini (ta'minotini) to'lash to'g'risidagi arizalarni o'z vaqtida qabul qilish va Kompaniyaning sug'urta da'volarini ko'rib chiqish bo'yicha vakolatli departamentiga taqdim etishda qatnashish va ko'maklashish;
  • yangi sug'urta xizmatlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirishda takliflar ishlab chiqish va Kompaniyaning vakolatli departamentiga taqdim etish, uslubiy materiallar ishlab chiqishda qatnashish va ko'maklashish Kompaniyaning ichki huquqiy bazasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha asoslangan takliflarni berish; - keng aholi qatlamlari orasida sug'urtaning mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish va axborot-tushuntirish ishlarini tashkillashtirish, hamda Kompaniyaning faoliyati va ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari to'g'risida to'liq axborot berish;
  • Kompaniyaning prognoz ko'rsatkichlarini ishlab chiqish va boshqarish;
  • Kompaniyaning prognoz ko'rsatkichlari ijrosini nazorat qilish va tahlil qilishni amalga oshirish;
  • Kompaniyaning prognoz ko'rsatkichlarini to'g'irlashni o'tkazish;
  • Kompaniyaning sug'urta faoliyatini, Kompaniya tarkibiy bo'linmalari, sug'urta agentlari va maxsus sho'ba tashkilotlarini  tashkillashtirishda zaruriy talablarni ishlab chiqishda qatnashish va ishlab chiqish;
  • Kompaniya xodimlari, sug'urta agentlari va Kompaniyaning maxsus sho'ba tashkilotlari uchun Kompaniya tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va sug'urta ishi mutaxassislarini malakasini oshirish uchun tadbirlar va seminar-treninglar o'tkazish;
  • Kompaniyaning Direktorlar Kengashiga ma'lumotlar tayyorlash;
  • sug'urta, moliya va boshqa masalalarda Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari bilan o'zaro munosabatda bo'lish;
  • Kompaniya Ustaviga zid bo'lmagan, Departamentga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zaruriy bo'lgan boshqa faoliaytni amalga oshirish.
Ixtiyoriy tibbiy sug'urta bo'yicha (ITS):
  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan ITS shartnomalarini tuzish bo'yicha potensial mijozlar bilan uchrashuvlar o'tkazish;
  •  ITS shartnomalarini rasmiylashtirish va olib borish;
  • ITS shartnomalarini o'z vaqtida muddatini uzaytirish ustidan nazorat olib borish;
  • ITS bo'yicha dasturlar jamlanmasi xizmatini shakllantirish, amalga oshirish va rivojlantirish;
  • ma'lumotlar bazasida axborot hisobini va nazorat jarayonlarini yuritishni tashkillashtirish;
  • ITS bo'yicha sug'urta kompaniyalari o'rtasida bo'lib o'tadigan tenderlarda qatnashish;
  • ITSni sotuvi tadbirlari bo'yicha Kompaniya rahbariyatiga hisobot tayyorlash;
  • ITSning shartnoma hujjatlari, polislarining rasmiylashtirish tartibi va belgilangan qoidalarga Kompaniya tarkibiy bo'linmalari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilib borish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (211)
Elektron pochta: q.masaliev@alskom.uz