Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Moliya departamenti

Direktor: Rahimov Zohidbek Ismailjanovich

Departamentning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  1. Moliyaviy rejalashtirish va iqtisodiy tahlil sohasida:
    • Kompaniya moliyaviy faoliyatini tashkil etish, yuritish va nazorat qilish;
    • Kompaniya Biznes rejasini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, uning ijrosini nazorat qilish va zarurat bo'lganda Biznes rejaga hisobot yilining oraliq natijalari (chorak, yarim yillik)ga ko'ra tuzatishlar kiritish;
    • hududiy bo'linmalar Biznes rejalarini tuzish ishlarini tashkil etish va uning ijrosini nazorat qilish;
    • xarajatlarni, likvidlilikni nazorat qilish hamda Kompaniya va uning tarkibiy bo'linmalari (hududiy filiallari) boshqaruv hisobini yuritish;
    • Kompaniya va filiallar Biznes rejalarini tahlil qilish;
    • Kompaniyaning moliyaviy resurslarini boshqarish;
    • moliyaviy (moliyaviy-xo'jalik faoliyati) holatini, to'lov qobiliyatini tahlil qilish, Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • Kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim etishni tashkil etish va o'z vaqtida bajarilishi bo'yicha ishlarni amalga oshirish;
    • O'zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan o'rnatilgan, Kompaniyadagi me'yorlarni hisoblash va ijrosini nazorat qilish.
  2. Kompaniya aktivlari va investitsiyalarni boshqarish sohasida:
    • maxsus vakolatli organlar tomonidan o'rnatilgan talablarga muvofiq ravishda Kompaniyaning investitsion siyosatini ishlab chiqish va uning ijrosini ta'minlash;
    • Kompaniyaning investitsion qo'yilmalari hisobini yuritish va nazorat qilish;
    • investitsion portfel (yuqori likvidli investitsion qo'yilmalar)ni oshirish bo'yicha yangi takliflar ishlab chiqish, investitsion qo'yilmalar samaradorligini nazorat qilish;
    • Kompaniya aktivlarining saqlanishi va boshqaruvini nazorat qilish, ularning samaradorligini oshirish;
    • Kompaniya aktivlari rentabelligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
    • Kompaniyaning investitsion qo'yilmalari daromadliligini oshirish borasidagi ishlarni tashkil etish;
    • ichki va tashqi audit, korporativ maslahatchi va taftish komissiyasi faoliyatiga ko'maklashish;
      Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
      1. Moliyaviy rejalashtirish va iqtisodiy tahlil bo'limi:
        • Kompaniya tarkibiy bo'linmalari tomonidan taqdim etiladigan birlamchi hujjat va hisobotlarni to'plash va saqlash;
        • Kompaniyaning yig'ma, davriy, statistik va sug'urta hisobotlarini tuzish va ularni vakolatli organga o'rnatilgan tartibda topshirish;
        • Kompaniya barqarorligini - sug'urta portfeli balanslashganligi, mijozlar bazasining rivijlanganligi va barqarorligi, qayta sug'urtalash va boshqalar kabi yo'nalishlar bo'yicha faktorli tahlil asosida baholash;
        • Kompaniyaning moliyaviy resurslari harakatini boshqarish va nazorat qilish, hamda Kompaniya moliyaviy resurslarining barcha turlaridan eng samarali holda foydalanish va maksimal foyda olish maqsadida moliyaviy munosabatlarni boshqarish;
        • Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish (buxgalteriya hisoboti tahlili, to'lov qobiliyati, sug'urta zaxiralari normativlarini hisoblash, boshqaruv apparati va hududiy filiallarga sarflanadigan xarajatlarni o'tganish va tahlil qilish);
        • Kompaniya Biznes rejasini, hududiy filiallar xarajatlar smetasini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
        • ichki va tashqi audit, korporativ maslahatchi va taftish komissiyasiga ularning faoliyatini tashkil etish va yuritishda ko'maklashish.
      2. Aktivlar va investitsiyalarni boshqarish bo'limi:
    • Kompaniyaning investitsion portfelini shakllantirish va filiallar sug'urta hisobotini to'g'ri tuzishni nazorat qilish;
    • Kompaniya aktivlari va investitsion portfeli rentabelligi monitoringini yuritish;
    • Kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlari o'zgarish dinamikasini o'rganish, investitsion portfelni, aktivlar holati va boshqaruvini tahlil qilish, normativ va boshqa ko'rsatkichlarni hisoblab chiqish;
    • Kompaniya investitsion siyosatini quyidagilarni inobatga olgan holda ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish: moliya va sug'urta xizmatlari bozori holati, Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, kapital bozorda investitsiya qo'yishning moliyaviy sharoitlari, investitsion chora-tadbirlarning samaradorligi;
    • Kompaniya egalik qiluvchi aksiya va qimmatli qog'ozlar paketini boshqarish;
    • Departamentga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun boshqa faoliaytlarni amalga oshirish.

    Telefon: +998 71 147-11-00 (420)
    Elektron pochta: z.rahimov@alskom.uz