Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Sug'urta da'volarini bartaraf etish departamenti

Direktor: Mirzayev Nodir Hikmatullayevich

Departamentning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  • Kompaniyada da'vo ishini yuritishni takomillashtirish;
  • sug'urta da'volarini bartaraf etish bo'yicha normativ tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish;
  • sug'urta da'volarini bartaraf etishning xorijiy yetakchi texnologiyalarini o'rganish va Departament faoliyatida ularni qo'llash;
  • sug'urta, assistans tashkilotlari, adjaster, ekspert tashkilotlar, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan sug'urta da'volarini ko'rib chiqish va bartarf etish bo'yicha birgalikda faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirish;
  • sug'urta da'volarni bartaraf etish muddatlarini qisqartish va sifatini oshirish bo'yicha doimiy ishlarni olib borish;
  • sug'urta tovoni (ta'minoti)ni to'lash to'g'risida arizalarni o'z vaqtida qabul qilish ishlarini tashkillashtirish;
  • Kompaniya mijozlari (sug'urta qildiruvchilari) tomonidan taqdim etilgan da'volarni malakali ko'rib chiqish uchun alohida hodisalar bo'yicha holatni o'rganib chiqish, ma'lumotlarni, xulosalarni, boshqa hujjatli ma'lumot va axborotlarni yig'ish;
  • ko'rib chiqilayotgan hodisalar bo'yicha taqdim etilayotgan hujjatlarni (dalillarni) ichki professional ekspertizadan o'tkazish;
  • taqdim qilingan, ko'rilayotgan, bartaraf etilgan va bartaraf etilmagan da'volar (zararlar) bo'yicha monitoringini (hisobini) yuritish, hisobotlarni tuzish (hisobini yuritish).  
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • da'vo ishlarini yuritish reglamentiga muvofiq belgilangan tartibda da'vo ishlarini rasmiylashtirish;
  • sug'urta da'volari va sug'urta qoplamasini (ta'minotini) to'lab berish to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqish, kelib tushgan hujjatlarni yig'ish va o'rganish;
  • yuz bergan hodisani sug'urta hodisasi deb tan olinganda hujjatlarni Markaziy buxgalteriyaga to'lov o'tkazish uchun taqdim qilish;
  • sug'urta qoplamasini (ta'minotini) to'lashda rad etilganda rad etish sabablarini asoslangan holda ko'rsatgan holda bu haqda sug'urta qildiruvchiga yozma ravishda yuborish;
  • sug'urta hodisasini tekshiruv natijalari va alohida hodisalar bo'yicha Kompaniya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo'yicha Departament xulosalarini sistemalashtirilgan hisobini yuritish va saqlash;
  • har bir ko'rib chiqilgan hodisa bo'yicha Komissiya qarorlarini ijrosini ustidan nazorat qilish va ularning bajarilishi hisobini yuritish;
  • Kompaniya faoliyatining oldingi davri bo'yicha sug'urta qoplamasini to'lash talablarini ko'rib chiqish amaliyotini tahlil qilish;
  • Departament faoliyati natijalari bo'yicha oylik, chorak, yillik hisobotlarni tayyorlashni amalga oshirish;
  • sug'urta da'volarini bartaraf etish masalalarida filiallar faoliyati ustidan nazorat olib borish;
  • Kompaniya Ustaviga zid bo'lmagan Departamentga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (320)
Elektron pochta: n.mirzaev@alskom.uz