Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat xizmati

Xizmat boshlig'i: Zilyev Sergey Alekseevich

Ichki nazorat xizmati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  • ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amlga oshirilishini tashkil etadi;
  • Kompaniya faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va Kompaniya Bosh direktoriga tasdiqlash uchun kiritadi;
  • ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari to'g'risidagi xabarlarning Departamentga o'z vaqtida yuborilishini, shuningdek Departamentning qo'shimcha axborot taqdim etish to'g'risidagi so'rovlarining bajarilishini ta'minlaydi;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli ma'lumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yig'ish, rasmiylashtirish, saqlashni amalga oshiradi, ularning maxfiyligini ta'minlaydi;
  • Ichki nazorat xizmati vazifalari quyidagilardan iborat:
  • mijozlarni lozim darajada tekshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • benefitsiar mulkdorni, shuningdek operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag'larini va boshqa mol-mulkning kelib chiqish manbalarini aniqlash va o'rganish;
  • sug'urtalovchilar va sug'urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat Qoidalarida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
  • ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo'lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) Departamentga o'z vaqtida taqdim etish; - alohida hollarda xabar qilinishi lozim bo'lgan operatsiyalarni ushbu operatsiya amalga oshirilishi lozim bo'lgan sanadan boshlab uch ish kuniga to'xtatib turish va bunday operatsiya haqida u to'xtatilgan kunda Departamentni xabardor qilish;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash;
  • pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish bo'yicha identifikatsiyalash, ma'lumotlarni va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta'minlash;
  • Kompaniya rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta'minlab borish;
  • operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalshtirish uchun Kompaniyaning xizmatlaridan foydalanish, tahdidning oldini olishga alohida e'tibor qaratilishi maqsadida zarur bo'lgan tadbirlar qo'llash;
  • shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog'liq bo'lgan shaxslar (rahbarlar, ta'sischilar) to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro ayirboshlash.
Telefon:  +998 71 147-11-00 (213)
Elektron pochta: s.zilyev@alskom.uz