Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Ishlar boshqarmasi

Ishlar boshqarmasi boshlig'i: Nurmonov Asqar Xamro o'g'li

Boshqarmaning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  • Kompaniyada ish yuritishni sifatini oshirish va yagona taribga keltirishni tashkillashtirish;
  • Kompaniya rahbariyati topshiriqlari va hujjatlari bajarilishi siafati va muddatlarini tizimli monitoringini tashkillashtirish;
  • Kompaniya mulkidan samarali foydalanish va tegishli saqlanishini ta'minlash tadbirlarini tashkillashtirish;
  • transport vositalaridan va YSMdan ratsional foydalanish, shuningdek ularning harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tegishli choralarni ko'rish;
  • bino, xonalar va Kompaniyaning barcha bo'linmalariga tegishli hududlarni joriy va kapital remont o'tkazish tartibini joriy qilish;
  • o'z vaqtida va sifatli moddiy- texnik, kanselyariya, sanitar-gigiyenik ta'minotni tashkillashtirish;
  • Kompaniyaning barcha bo'linmalarida Kompaniya mijozlarini qabul qilish va xizmat ko'rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • rasmiy tadbirlar, yig'ilishlar va ishga aloqador uchrashuvlar paytida Kompaniya mehmonlarini tegishli qabul qilishni tashkillashtirish;
  • Kompaniyaning rahbariyati, tarkibiy bo'linma rahbarlari va Kompaniya xodimlarining safarga jo'nashini amalga oshirish paytida texnik va hujjatli (transport bilan ta'minlash, mehmonxona bron qilish, viza olish, temiryo'l/aviabiletlar va boshqalar bilan ta'minlash) ko'mak berish;
  • Kompaniyaning xodimlari uchun tegishli mehnat sharoitlarini yaratish, ishchilarni dam olishi va sog'lig'ini tiklashini tashkillashtirish, sport-ko'ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish;
  • Kompaniyada xodimlarning ijro va korporativ intizomga rioya qilinishi tartibini tashkillashtirish.;
  • Kompaniyaning barcha bo'linmalariga tegishli hududlar va binolarda qulaylik yaratish.
Boshqarmaning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • Kompaniyaga kelib tushuvchi yozishmalarni oldindan ko'rib chiqish va ro'yxatdan o'tkazish, o'z vaqtida qbul qilinishini ta'minlash;
  • Kompaniya rahbariyatiga ko'rib chiqish uchun yozishmalarni taqdim etish, Kompaniya rahbariyati rezolyutsiyasi ijrosini sifatli ta'minlash va muddatlarini monitoring qilish, javob xatlarini ro'yxatdan o'tkazish va manzillariga o'z vaqtida yetkazilishini ta'minlash;
  • ijroga berilgan tarkibiy bo'linma va hujjatlarning aniq ijrochilari tomonidan o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va taqdim etilishi, rahbarga imzoga kiritiluvchi hujjatlar loyihalarining to'g'ri rasmiylashtirilganligini tekshirish va ularning sifatli tahrir qilinishini ta'minlash bo'yicha monitoringini yuritish;
  • Kompaniya Bosh direktori faoliyatining ma'muriy-boshqaruvini tashkiliy-texnik ta'minlash;
  • arxivga qabul qilinuvchi hujjatlarni tanlash, tartibga solish, umumlashtirish, foydalanish, saqlanishini ta'minlash;
  • O'zbekiston Respublikasi arxiv fondiga faoliyati jarayonida vujudga keluvchi Kompaniya hujjatlarini davlat saqlashiga tayyorlash va o'z vaqtida topshirish;
  • zamonaviy texnik vositalardan ishda foydalanish bo'yicha zaruriy choralarni ko'rish;
  • Kompaniya xodimlari uchun zaruriy mehnat sharoitlarini ta'minlash, xodimlarning dam olishi va sog'lig'ini tiklashini tashkillashtirish, sport-ko'ngilochar tadbirlarini tashkillashtirish;
  • xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha ishlarni tashkillashtirish, mehnat xavfsizligi sohasida tadbirlarni o'tkazilishi ustidan nazoratni ta'minlash, shuningdek Kompaniyada amal qiluvchi mehnat xavfsizligi qonunchiligi, tartib, qoida va normalarga rioya qilinishini, texnik xavfsizlik, ishlab chiqarish sanitariyasiga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • Kompaniyani ofis mebeli, inventar, asboblar, kanselyariya va boshqa jihozlar bilan ta'minlash, shuningdek, ularning saqlanishini, qayta tiklanishini va to'ldirilishini ta'minlash;
  • bino, xonalar va Kompaniyaning barcha bo'linmalariga tegishli hududlarni joriy va kapital remont o'tkazish tartibini joriy qilish ishlarini tashkillashtirish;
  • sanitar-gigiyenik normalarga muvofiq Kompaniya binolari va unga tegishli hududlarni tegishli tartib bilan ta'minlash;
  • ishlatilayotgan bino-inshootlar, asboblar va transport vositalarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'z vaqtida choralarni ko'rish;
  • Kompaniya mulkidan foydalanishda rentabellikni doimiy oshirib borish, shu jumladan Kompaniyaning o'z binolarini ijaraga berish bo'yicha hamda Kompaniya ehtiyoji uchun binoni ijaraga olish bo'yicha foydali kelishuvlarni, shuningdek transport vositasini ijarasi bo'yicha kelishuvlarni tuzish;
  • rahbariyatning topshirig'i bo'yicha majlislar, uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish hamda ularni moddiy-texnik baza bilan tashkillashtirishda qatnashish;
  • Kompaniyaning bino, xonalar va uskunalarini, shuningdek suv ta'minoti tizimi, elektr ta'minoti, issiqsuv ta'minoti, kanalizatsiya, ventilyatsiyani mumkin qadar qayta ta'mirlashning turlarini istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqish va kelishish, hamda ularni ishlatish va xizmat ko'rsatishni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish va kelishish;
  • foydalaniluvchi bino-inshoatlarni, uskunalarni va transport vositalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha o'z vaqtida choralarini ko'rish;
  • Kompaniyaning binolarida muntazam yoritishni o'z vaqtida qayta ta'mirlash va texnik jihatdan to'g'ri foydalanilishini ta'minlash;
  • Kompaniyani telefon aloqasi va Kompaniya binolarida ichki telefon tarmog'ini ishlashini tinimsiz ta'minlash;
  • xodimlarni xavfsiz va sog'lom mehnat sharoiti bilan ta'minlash bo'yicha ishlarni amalga oshirish hamda mehnatni muhofaza qilish sohasida tadbirlarni o'tkazish ustidan nazorat olib borish;
  • Kompaniyada yong'in rejimiga amal qilinishini ta'minlash va nazorat qilish hamda o't o'chirish vositalari, yong'in signalizatsiyasi va boshqalar bilan texnik ta'minlash;
  • shaxsiy kompyuterlarni, orgtexnikani va periferiya moslamalarini to'xtovsiz ishlashini ta'minlashda, kompyuter texnikasida texnik nosozliklarni bartaraf qilishda tegishli Departamentga ko'maklashish;
  • xorijiy delegatsiyalar, ish yuzasidan uchrashuvlar, kelishuvlar, seminarlar va boshqa rasmiy tadbirlarni dasturini tuzib chiqish, qatnashuvchilar va mehmonlarni mehmonxonalarga joylashtirish, oziq-ovqatni tashkillashtirish, ushbu tadbirlarni transport va boshqa texnik vositalar bilan ta'minlash;
  • Kompaniya tomonidan o'tkaziladigan ko'rgazma va xayrli tadbirlarni zaruriy vositalar bilan ta'minlash va tashkillashtirish;
  • Kompaniyani avtotransport bilan va tinimsiz ishlashini ta'minlash, texnik xizmatni o'z vaqtida amalga oshirish, YSM bilan va zaruriy zapas qismlar bilan ta'minlash, hamda avtortansportni O'zR IIV YHXBda har yili texnik tekshiruvdan o'tkazish;
  • Kompaniyaning bo'linmalarini transport bilan o'rnatilgan tartibda xizmat ko'rsatishni tashkillashtirish;
  • umuman Kompaniyaning va Boshqarmaning faoliyatida natijalarga erishishga qaratilgan boshqa funksiyalarni bajarish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (101)
Elektron pochta: a.nurmonov@alskom.uz