Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar departamenti

Direktor: Ivonin Sergey Viktorovich

Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Kompaniya tomonidan o'tkaziladigan va tayyorlanadiga korporativ jarayonlarda aksionerlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini kafolatlovchi amaldagi qonun hujjatlari, Ustav hamda Kompaniyaning ichki hujjatlariga rioya qilinishini ta'minlash;
  • boshqaruv organlarining (Kuzatuv Kengashi, Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi) kengash va majlislariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish;
  • ustav fondiga resurslar jalb qilish, Kompaniyaning emission qimmatli qog'ozlari muomalasini tashkillashtirish maqsadida Kompaniyaning aksiyalariga investitsiya masalalari bo'yicha aksiyadorlar va investorlar bilan o'zaro hamjihatlikda harakat qilish;
  • Kompaniyaning aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslarning manfaatlaridan kelib chiqib, Kompaniyaning korporativ boshqaruvi amaliyotini rivojlantirish;
  • Kompaniya to'g'risida ma'lumotni oshish (taqdim etish) va Kompaniya hujjatlarining saqlanishini ta'minlash;
  • Kompaniyaning boshqaruv tizimi sifatini doimiy yaxshilash va samarali ishlashini ta'minlash;
  • tarkibiy bo'linmalar bilan birgalikda Kompaniyaning boshqaruv organlari qarorlarini bajarish;
  • aksiyador jamiyatlarga aksiyalar qo'yishda Kompaniyaning investitsiya qo'yilmalarining samaradorligini tahlil qilish va Kompaniya rahbariyatiga tegishli takliflarni tayyorlash. 
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • Kompaniyaning Kuzatuv Kengashi, navbatdaig (navbatdan tashqari) aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilishini tayyorlash va ta'minlashni tashkillashtirish;
  • Kompaniyaning ustav fondi hajmini o'zgarishi bilan bog'liq korporativ harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
  • Kompaniyaning Ustavi, ichki hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflarni tayyorlash va tahlil qilish;
  • qimmatli qog'ozlar emissiyasi qarorlari va bayonini tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlaridan ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq harakatlarni amalga oshirish;
  • Kompaniyaning affilirlangan shaxslari ro'yxati hisobini yuritish;
  • Kompaniya to'g'risida ma'lumotning majburiy fosh etilishi tadbirlarini o'tkazish;
  • markaziy ro'yxatga oluvchi va investitsion vositachi bilan o'zaro munosabatda bo'lish;
  • korporativ maslahatchi bilan o'zaro munosabatda bo'lish;
  • qimmatli qog'ozlar bozorini monitoringdan o'tkazish;
  • Kompaniyada korporativ boshqaruv amaliyotini rivojlantirish;
  • Kompaniy bilan uning aksiyadorlari o'rtasida o'zaro munosabatni tashkillashtirish;
  • qimmatli qog'ozlar bozorida insayder axborotidan foydalanish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • Kompaniyaning boshqaruv organlari faoliayti, Kompaniyada korporativ boshqaruv amaliyoti, Kompaniya aksiyadorlarining huquqiy va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi bilan bog'liq masalalarda davlat organlari so'rovnomalari (xatlari)ga Kompaniyaning javoblarini tayyorlash;
  • Kompaniyaga tegishli aksiyalar va boshqa aksiyador jamiyatlar aksiyalarini egallash va o'tkazish bo'yicha harakatlarni amalga oshirish;
  • davlat organlarining ko'rsatmalarini Kompaniya tomonidan korporativ qonunchilik normasi va talablariga rioya qilinishi ijrosini ta'minlash.
Telefon: 147-11-00 (313/314)