Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 01 apreldagi PQ-2863-sonli “Sog'liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash va 2017 yil 10 aprelda o'tkazilgan Kompaniya Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi qaroriga asosan Kompaniyada tarkibiy o'zgarishlar kiritildi.
Seminarda “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi AJ Qashqadaryo filiali direktori o'rinbosari G'aniyeva Mohira tomonidan "Sug'urta maktabi" loyihasi doirasida kichik biznes vakillari uchun "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi" haqida ma'lumotlar berildi. Ushbu sug'urta turini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar to'g'risida tarqatma materiallar tarqatildi. Bundan tashqari seminar ishtirokchilariga boshqa sug'urta turlari hamda ularning huquqlari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi. "Sug'urta maktabi" loyihasi barchaga qiziqarli taassurot qoldirdi.
Наблюдательный совет АО СК «ALSKOM» (далее – «Компания») уведомляет Вас о том, что 25 октября 2017 года Центром по координации и развитию рынка ценных бумаг при Госкомконкуренции РУз зарегистрировано Решение о дополнительном выпуске акций АО СК «ALSKOM» №P0170-13 по выпуску дополнительных простых именных бездокументарных акций в количестве 2 000 000 штук номинальной стоимостью 1 380 сум каждая.
Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109 uy manzili bo'yicha joylashgan (elektron pochta manzili: info@alskom.uz, veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJ 2017 yil 06 noyabr soat 10:30 da Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 4 manzilda joylashgan O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazadi.
2017 yil 14 oktabrda “ALSKOM” SK AJ da barcha tarkibiy bo’linmalar ishtirokida 2017 yilning 9 oy yakunlari bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda sug’urta tushumlari reja ko’rsatkichining bajarilishi, Kompaniya departamentlari faoliyati, hududiy filiallarning keyingi chorakdagi ustuvor vazifalari hamda barcha hududiy filiallarda joriy etilgan o’zini-o’zi moliyalashtirish natijalari samaradorligini oshirish bundan tashqari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
“ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi AJ tegishli tashkilotlardan “1C: Buxgalteriya” dasturiy ta'minotini o'rnatish bo'yicha tijorat takliflarini taqdim etishlarini so'raydi.