2016 yil 8 oktabrda “ALSKOM” SK AJ da barcha tarkibiy bo’linmalar ishtirokida 2016 yilning 9 oy yakunlari bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda sug’urta tushumlari reja ko’rsatkichining bajarilishi, Kompaniya departamentlari faoliyati, hududiy filiallarning keyingi chorakdagi ustuvor vazifalari, Kompaniyada avtomatlashtirish tizimini joriy etish va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
2016 yil 28 iyun kuni bo'lib o'tgan «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishida 2015 yil yakunlari bo'yicha quyidagi miqdorlarda dividendlar to'lovlari to'g'risida qaror qabul qilingan:
• Oddiy aksiyalar bo'yicha – nominal qiymatidan 12 %;
• Imtiyozli aksiyalar bo'yicha – nominal qiymatidan 70 %.
Joriy yilning yarim yillik davri mobaynida, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish (TVEFJMS) bo’yicha tuzilgan shartnomalar soni 107 645 tani tashkil etdi.
“ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Respublikaning uzoq hududlarida istiqomat qiluvchilarga tezkor sug'urta xizmatlarni ko'rsatish maqsadida, Samarqand viloyatida "Bulung'ur", shuningdek Buxoro viloyatida "Kogon" bo'linmalarini tashkil qildi.
2016 yil 14 iyulda “ALSKOM” SK AJ da barcha tarkibiy bo’linmalar ishtirokida 2016 yilning I yarim yillik yakunlari bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.
2016 yilning 11 iyulida Kompaniyaning bosh ofisida "Saylov huquqi erkinligini ta'minlash va saylov qonunchiligini rivpjlantirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar" mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.